Butunjahon armiya oʻyinlari: Mannopova chempion, Ergasheva esa afsuski bronzadan quruq qoldi

Avval xabar berganimizdek, shu kunlarda Xitoyning Uxan shahrida VII Butunjahon armiya oʻyinlari oʻtkazilmoqda. Unda vatanimiz harbiy sportchilari ham munosib ishtirok etishmoqda.

Biroz avval taekvondo WT boʻyicha ayollar oʻrtasida -49 kg. vazn toifasida vatanimiz sharafini himoya qilayotgan Madinabonu Mannopova finalga chiqqani haqida xabar bergan edik. U VII Butunjahon armiya oʻyinlarining oltin medaliga sazovor boʻldi. Final jangida Madinabonuga raqiblik qilishi lozim boʻlgan misrlik Abdelsalam Nur jarohati sababli dayanga chiqolmadi. Natijada hamyurtimiz jangsiz chempionlikni tantana qildi.

Eslatib oʻtamiz, musobaqani chorak final bosqichidan boshlagan Madinabonu avvaliga xitoylik Zaoyi Lini (9:7), yarim finalda esa germaniyalik Ela Aydinni (11:9) magʻlubiyatga uchratdi.

Ushbu musobaqaning ayollar oʻrtasida -73 kg. vazn toifasidagi yana bir vakilamiz Maftuna Ergasheva esa bronza medali uchun bahsda imkoniyatni boy berib qoʻydi. U chorak finalda xitoylik Li Chendan magʻlub boʻldi. Keyin esa bronza medali uchun kechgan jangda italiyalik Maristella Smiralyagaham 10:7 hisobida yutqazib qoʻydi.

VII Butunjahon armiya oʻyinlari davom etmoqda.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
27.09.2020 | 05:31
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169