Velosport: Osiyo chempionlari yurtimizga qaytib kelishdi

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 17-21-oktyabr kunlari Janubiy Koreyaning Chinchon shahrida velotrek yoʻnalishi boʻyicha Osiyo chempionati boʻlib oʻtdi. Musobaqada qitʼamizning 25 dan ortiq davlatidan 700 nafarga yaqin sportchi ishtirok etdi.

Bugun Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan velosportchilarimiz yurtimizga qaytib kelishdi. Ularni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi va Milliy olimpiya qoʻmitasi mutasaddilari, shuningdek, Oʻzbekiston velosiped sporti federatsiyasi xodimlari, yosh velosportchilar va ommaviy axborot vositalari vakillari tantanali kutib olishdi.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Janubiy Koreyaning Chinchon shahri mezbonlik qilgan kattalar va oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida 1 ta oltin va 1 ta bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Shuni ham alohida taʼkidlash joiz, ayollar oʻrtasida ochkolar boʻyicha guruh poygasi yoʻnalishida ishtirok etgan hamyurtimiz Olga Zabelinskaya eng yuqori natija qayd etib, Osiyo chempionligini qoʻlga kiritdi. Xuddi shu yoʻnalishda oʻsmirlar oʻrtasida kechgan poygada iqtidorli sportchi Behzodbek Rahimboyev esa bronza medaliga sazovor boʻldi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
23.11.2020 | 23:22
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169