Velosportchilarimiz Osiyo chempionatida oltin va bronza medalini qoʻlga kiritdi

Janubiy Koreyaning Chinchon shahrida oʻtkazilgan velotrek boʻyicha Osiyo chempionati oʻz yakuniga yetdi. Kecha boʻlib oʻtgan poygalar terma jamoamiz aʼzolari uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.

Jumladan, ayollar oʻrtasida oʻtkazilgan Point Race, yaʼni ochkolar boʻyicha guruh poygasi yoʻnalishida hamyurtimiz Olga Zabelinskaya eng yaxshi natijani qayd etdi va qitʼa chempionligini qoʻlga kiritdi. Ushbu yoʻnalishda kumush medal mezbon sportchiga nasib etgan boʻlsa, gonkonglik B.Leung bronza medali bilan taqdirlandi.

Shuningdek, oʻsmirlar oʻrtasida ochkolar boʻyicha guruh poygasi yoʻnalishida ishtirok etgan iqtidorli sportchimiz Behzod Rahimboyev bronza medalini qoʻlga kiritdi. Musobaqada hamyurtimiz Qozogʻiston va Xitoy Taypeyi davlatlari vakillaridan ortda qoldi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi velosportchilarimizni ushbu gʻalabalari bilan samimiy muborakbod etadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
23.11.2020 | 23:22
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169