Butunjahon armiya oʻyinlari: hozircha faqat dzyudochilarimizda medallar bor

Shu kunlarda Xitoyning Uxan shahrida Butunjahon armiya oʻyinlari davom etmoqda. Ushbu musobaqa mamlakatimiz dzyudochilari uchun omadli kechayapti. Hozircha Oʻzbekiston sport delegatsiyasi jami 6 ta medalni qoʻlga kiritdi.

Musobaqada Oʻzbekiston sport delegatsiyasi ham bir nechta sport turlaridan ishtirok etmoqda. Ular orasida dzyudochilarimiz ham bor. Dzyudo musobaqasida dunyoning 57 davlatidan jami 350 nafar (232 erkak, 118 ayol) harbiy-sportchi tatamiga chiqmoqda.

Dastlabki kungi bellashuvlarda yengil vazn toifalarida 4 nafar dzyudochimiz shohsupaga koʻtarildi. -66 kg vazn toifasi finalida ikki yurtdoshimiz – Muhriddin Tilovov va Artyom Shturbabin oʻzaro kuch sinashdi. Oʻziga xos oʻzbek derbisida Shturbabinning qoʻli baland keldi. Artyom chempionlik yoʻlida indoneziyalik Septian Ajiyangsyax, qatarlik Ayub Elidrissi, moʻgʻulistonlik Erxembayar Battogtox, bahraynlik Ramazan Kodjakovni magʻlubiyatga uchratgan edi.

-73 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Hikmatulloh Toʻrayev ham barcha raqiblarini magʻlubiyatga uchratib, oltin medalni qoʻlga kiritdi. Toʻrayev finalga qadar qozogʻistonlik Yerasil Sakenuli, shri-lankalik Chamara Repiyallaj, rossiyalik Armen Agayan, bahraynlik Askerbi Gerbekovni magʻlubiyatga uchratdi. Oltin medal uchun kechgan bellashuvda esa xitoylik Sayinjirgaladan ustun keldi.

-52 kg vaznda tatamiga chiqqan vakilamiz, yoshlar oʻrtasida jahon, kattalar orasida Osiyo chempioni Diyora Keldiyorova bronza medaliga ega chiqdi. Diyora garchi 2-bosqichda fransiyalik Markus Tabellionga yutqazgan boʻlsa-da, oʻtish bahslarida braziliyalik Valentim Eleudis, rossiyalik Darya Bobrikova, vengriyalik Katinka Jabonini magʻlubiyatga uchratdi.

Uxanga yoʻl olgan dzyudochilarimiz tarkibi quyidagicha:

Ayollar:

-48 kg: Marjona Salohiddinova

-52 kg: Diyora Keldiyorova

-57 kg: Amina Mamedova

+78 kg: Rinata Ilmatova

Erkaklar

-60 kg: Sharofiddin Lutfullayev (qatnashmadi)

-66 kg: Artyom Shturbabin, Muhriddin Tilovov

-73 kg: Hikmatulloh Turayev

-81 kg: Kamoliddin Rasulov

-90 kg: Yahyo Imomov

-100 kg: Sherali Joʻrayev

+100 kg: Bekmurod Oltiboyev

Murabbiylar: Bekzod Toʻraboyev, Tohir Fayziyev

Musobaqaning ikkinchi kunida esa oʻrta va ogʻir vazn toifalarida bellashuvlar oʻtkazildi. -70 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Gulnoza Matniyazova bronza medalini qoʻlga kiritdi. U KXDR vakilasi Kim Jin Gang, polshalik Darya Pogorzelechni magʻlub etdi va yarim finalda rossiyalik Alyona Prokopenkoga yutqazib qoʻydi. Bronza medali uchun kechgan bellashuvda esa germaniyalik Sara Maykelburgdan ustun keldi.

Kecha +100 kg vazn toifasida final bellashuvi yakunlandi. Oltin medal uchun kechgan bahsda hamyurtimiz Bekmurod Oltiboyev rossiyalik Inal Tatsoyevga qarshi tatamiga chiqdi. Kuchli raqibga qarshi bahsda Bekmurod magʻlubiyatga uchradi va musobaqaning kumush medalini qoʻlga kiritdi. Taqqoslash uchun, Oltiboyev dunyo reytingida 14-, Tatsoyev esa 7-oʻrinni egallab turibdi.

Bu Oʻzbekiston dzyudo terma jamoasining Butunjahon armiya oʻyinlaridagi 6-medali boʻldi. Bungacha Artyom Shturbabin hamda Hikmatulloh Toʻrayev oltin, Muhriddin Tilovov kumush, Gulnoza Matniyazova hamda Diyora Keldiyorova esa bronza medalini qoʻlga kiritgan edi.

Oʻzbekiston sport delegatsiyasi dzyudo musobaqasida umumjamoa hisobida Xitoy va Rossiyadan soʻng 3-oʻrinni, qolgan musobaqalarni ham qoʻshsak 5-oʻrinni egallab turibdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
13.12.2019 | 13:26
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169