Taekvondo ITF: vakillarimiz 16 ta medal bilan umumjamoa hisobida 2-boʻlishdi

Azarbajonning Baku shahrida 18-20-oktyabr kunlari Taekvondo ITF boʻyicha xalqaro turnir boʻlib oʻtishi haqida xabar bergan edik. Oʻzbekiston terma jamoasi musobaqada munosib ishtirok etgan holda kecha yurtimizga qaytib keldi.

Ushbu turnirda Eron, Rossiya, Gruziya, Turkiya, Checheniston va vakillarimiz Oʻzbekiston hamda mezbonlar azarbajonlik taekvondochilar massogi va tul yoʻnalishlarida bahs olib borishdi. 7 ta davlatdan 900 ga yaqin sportchilar ishtirok etgan musobaqada Ubayt Mukkaramov hamda Shohrux Tursunov murabbiyligidagi Oʻzbekiston terma jamoasi jami 16 ta (8 ta oltin, 3 ta kumush hamda 5 ta bronza) medallarni qoʻlga kiritib umumjamoa hisobida 2 oʻrinni egallashdi.

Medallarni qoʻlga kiritgan sportchilar quyidagilar:

Oltin

Alibek Bobayev (14-15 yosh 51kg)

Feruzbek Oʻktamov (11-13 yosh 35 kg)

Asadbek Akbarov (9-10 yosh tul)

Farangiz Salimova (9-10 yosh tul)

Azizbek Moʻminov (11-13 yosh tul)

Mahmud Akramov (18-39 yosh 78 kg)

Navruzbek Akobirov (14-15 yosh 40 kg)

Asadbek Akbarov (9-10 yosh 35 kg)

Kumush

Navruzbek Akobirov (14-15 yosh 1-dan)

Faruxbek Abdugapurov (9-10 yosh 32 kg)

Azizbek Moʻminov (11-13 yosh 35 kg)

Bronza

Farangiz Salimova (9-10 yosh 29 kg)

Mirfayoz Rajabov (9-10 yosh 30 kg tul)

Alisher Mustafoyev (9-10 yosh 28 kg)

Feruzbek Oʻktamov (11-13 yosh tul)

Alibek Bobayev (14-15 yosh 3-dan)

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
23.11.2020 | 23:22
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169