Dzyudo: yoshlarimiz jahon chempionatida qanday ishtirok etmoqda?

Xabar berganimizdek, Marokashda dzyudo boʻyicha yoshlar oʻrtasida jahon chempionati boʻlib oʻtmoqda. Ushbu nufuzli musobaqada Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi deyarli toʻliq (birgina +78 kg vaznda bizdan sportchi qiz yoʻq) tarkib bilan ishtirok etyapti. Yigitlar oʻrtasida +100 kg, qizlarda esa -57 kg vazn toifasida Oʻzbekistondan ikki nafardan dzyudochi vatanimiz sharafini himoya qiladi.

Jahon chempionatida yigitlarimiz -60, -66, -73, -81, -90, -100, +100 kg, qizlar esa -48, -52, -57, -63, -70, -78 hamda +78 kg vazn toifalarida tatamiga chiqishadi.

Kecha boshlangan jahon chempionatining dastlabki kunida jami 4 ta vazn toifasida medallar uchun bellashuvlar tashkil etildi. Oʻzbekistonlik dzyudochilardan eng yaxshi natijani -66 kg vazn toifasida hamyurtimiz Dilshodbek Yoʻldoshev qayd etdi. U bronza medali uchun kechgan bahsda avvaliga qozogʻistonlik Yermek Amangeldini magʻlub etdi. Keyin esa braziliyalik Marselinyoga yutqazib qoʻydi va 5-oʻrin bilan kifoyalandi.

-60 kg vazndagi sportchimiz Bobur Badjiyev esa ilk bosqichda Yaponiya terma jamoasi aʼzosi Ken Suyematsuga, -48 kg vazn toifasidagi vakilamiz Yulyana Masketbayeva marokashlik Chaymay Eddinariga imkoniyatni boy berib qoʻydi. -52 kg vazn toifasidagi vakilamiz Sita Qadamboyeva vengriyalik Timea Kardoshdan ustun kelgan boʻlsa-da, musobaqaning uchinchi davrasida moʻgʻulistonlik Sosorbaram Lxagvasurenga yutqazib qoʻydi va medallar uchun kurashish imkoniyatini deyarli qoʻldan chiqardi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
13.12.2019 | 13:26
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169