Velosport: Namanganda Oʼzbekiston kubogi musobaqasi boʼlib oʼtdi

Joriy yilning 11-14 oktyabrь kunlarida Namangan shahridagi velotrek sport majmuasida velosportning trek yoʼnalishi boʼyicha erkaklar va ayollar oʼrtasida Oʼzbekiston kubogi musobaqasi boʼlib oʼtdi.

Musobaqada Toshkent shahri, Toshkent viloyati, Fargʼona, Namangan, Sirdaryo, Samarqand va Xorazm viloyatlaridan kelgan sportchilar qatnashdi. Oʼzbekiston kubogida 41 nafar erkak va 8 nafar ayol sportchi gʼoliblik uchun musobaqalashdi.

Oʼzbekiston kubogida velosportchilar yakkalik va guruh jamoalariga boʼlingan holda hamda boshqa koʼplab yoʼnalishlarda turli masofalarda bellashdi. Yakuniy natijalarga koʼra Dmitriy Bocharov, Begzod Rahimboev, Dilmurod Siddiqov, Olimjon Karimov, Oyatillo Sobirov va Umid Baxtiyorov, qizlardan esa Sofiya Karimova kabi sportchilar turli masofalarda musobaqa gʼolibiga aylanishdi.

Musobaqa yakunida sportchilar Oʼzbekiston velosport federatsiyasining Namangan viloyati boʼlimi tomonidan kubok, diplom va esdalik sovgʼalari bilan taqdirlandi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
23.11.2020 | 23:22
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169