Namanganda gandbol boʼyicha Oʼzbekiston chempionati boʼlib oʼtmoqda

Shu kunlarda Namangan shahrida gandbol boʼyicha ayollar jamoalari oʼrtasida Oʼzbekiston chempionati boʼlib oʼtmoqda. "Barkamol avlod" sport majmuasida murosasiz kechayotgan bahslarda 7 ta jamoa gʼoliblik uchun kurash olib borishyapti.

Chempionatning 3-davra oʼyinlariga kelib, OKMK ayollar jamoasi 31 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan boʼlsa, Oʼzbekiston yoshlar terma jamoasi 26 ochko bilan 2 -oʼrinda bormoqda. 3-oʼrinni esa 24 ochko bilan Samarqand viloyatining "Bulungʼur" jamoasi egallab turibdi. 4-davra oʼyinlari esa Toshkent shahrida boʼlib oʼtadi.

Musobaqa doirasida Namangan shahrida Oʼzbekiston gandbol federatsiyasining navbatdagi yigʼilishi boʼlib oʼtdi. Unda gandbolni rivojlantirishga qaratilgan istiqbolli rejalar va 2019 -2029 yillarga moʼljallangan strategiyasi muhokama qilindi.

3-tur oʼyinlari 17 oktyabrь kuni yakunlanadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
01.04.2020 | 12:35
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169