Dzyudo: yoshlarimiz Marokashga, kattalar esa Abu-Dabiga yoʻl olishadi

2019-yil 12-24-oktyabr kunlari Marokash davlati poytaxti Marokash shahrida dzyudo boʻyicha yoshlar oʻrtasida jahon chempionati boʻlib oʻtadi.

Oʻzbekiston terma jamoasi mazkur musobaqaga toʻliq tarkibda – 15 nafar sportchi, 3 nafar murabbiy va 1 nafar shifokordan tuzilgan tarkib bilan 12-oktyabr kuni joʻnab ketadi. Sportchilarimiz 7 vazn toifasida gʻoliblik uchun tatamiga chiqishadi.

Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibi:

Oʻgʻil bolalar:

Badjiyev Bobur

Yuldoshev Dilshodbek

Jumayev Muhammad

Qurbonmurodov Jaloliddin

Toʻraboyev Muzaffarbek

Boʻronov Akrom

Baxtiyorov Shohrux

Mamarasulov Shohrux

Qizlar:

Masketbayeva Yuliana

Qadamboyeva Sita

Ogʻajonova Ibodatxon

Yermaganbetova Nilufar

Xolmurodova Farangiz

Nazarova Shohista

Xusanova Mohinisaxon

Murabiylar:

Azimov Ulugʻbek

Kubiyeva Muqaddas

Nabiyev Moʻmin

Vakillarimiz jahon chempionatidan 23-oktyabr kuni qaytib kelishadi.

Taʼkidlash kerak, yosh dzyudochilarimizning jahon chempionatidagi ishtiroki bilan bogʻliq barcha sarf-xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan amalga oshirilmoqda.

24-26-oktyabr kunlari esa BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida ushbu sport turi boʻyicha “Katta dubulgʻa” turkumiga kiruvchi turnir boʻlib oʻtadi.

Ushbu musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi ham deyarli toʻliq tarkibda ishtirok etadi. Aniqrogʻi, erkaklar terma jamoasi toʻliq, ayollar esa uchta vazn toifasida turnir medallari hamda Tokio-2020 olimpiadasining muhim reyting ochkolari uchun tatamiga chiqadi.

Maʼlumot uchun, Abu-Dabi turniri gʻoliblari oʻz hisoblariga 1000 reyting ochkosini qoʻshib qoʻyishadi. Kumush medal sohiblari 700, bronza medal egalari esa 500 reyting ochkosiga ega boʻladi.

Terma jamoa tarkibi:

Erkaklar:

-60 kg: Sharofiddin Lutfullayev, Diyorbek Oʻrazboyev

-66 kg: Sardor Nurillayev, Shahram Ahadov

-73 kg: Hikmatilloh Toʻrayev

-81 kg: Sharofiddin Boltaboyev, Kamoliddin Rasulov

-90 kg: Davlat Bobonov

-100 kg: Muhammadkarim Xurramov, Sherali Joʻrayev

+100 kg: Alisher Yusupov, Bekmurod Oltiboyev

Ayollar:

-52 kg: Diyora Keldiyorova

-70 kg: Gulnoza Matniyazova

-78 kg: Nodira Yoʻldosheva

Zaxiradagilar:

-60 kg: Kemran Nurillayev

-90 kg: Shahzodbek Sobirov

-48 kg: Sita Qadamboyeva

-63 kg: Farangiz Xolmurodova

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
13.12.2019 | 13:26
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169