Poytaxtimizda Universal jang boʻyicha Oʻzbekiston kubogi musobaqasi boshlandi

2019-yilning 7-11-oktyabrʼ kunlari Universal jang boʻyicha “Sport – gender tenglik tarafdori” shiori ostida Oʻzbekiston kubogi musobaqasi boʻlib oʻtadi. Unda Toshkent shahri va viloyatlardan tashrif buyurgan 14 yoshdan 18 yoshgacha va undan katta 500 nafardan ortiq sportchi ishtirok etadi. LIGHT va KLASSIK yoʻnalishlarda boʻlib oʻtadigan bellashuvlarda sportchilar oʻz yosh toifalariga koʻra 15 dan ortiq vaznda gʻoliblik uchun kurash olib boradi.

Shu munosabat bilan bugun poytaxtimizdagi “Universal” sport saroyida musobaqaning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Gender tenglikni taʼminlash masalalari boʻyicha komissiyasi tomonidan Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Tantanali ochilish marosimida soʻzga chiqqanlar ushbu sport turi boʻyicha musobaqalar 20 yildan beri oʻtkazib kelinayotgan boʻlsa-da, qisqa davr mobaynida koʻpchilikning sevimli mashgʻulotiga aylanganini alohida taʼkidlashdi. Shuningdek, Universal jang sporti insonda matonat, chidamlilik va chaqqonlik kabi xislatlarni tarbiyalashi tilga olindi.

Yurtimizdan Universal jang boʻyicha toʻrt karra jahon chempioni Alisher Abdullayev, ikki karra jahon chempioni Jamol Omonov, jahon chempioni Baxtiyor Ahmedov hamda jahon chempionati sovrindori Nodira Kazakova kabi nomdor sportchilar yetishib chiqqan.

Maʼlumot uchun, ushbu musobaqa joriy yil 19-25-oktyabr kunlari Ukrainaning Vinnitsa shahrida boʻlib oʻtadigan Jahon kubogi oldidan tayyorgarlik jarayonini oʻtab beradi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
20.10.2019 | 17:52
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169