Ming nafar yoshlarning eng kuchlilari aniqlandi

Poytaxtimizdagi “Oʼzbekiston” sport majmuasida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi taqvim rejasiga asosan oʼtkazilgan Oʼzbek jang sanʼati boʼyicha Oʼzbekiston kubogi musobaqalari oʼz gʼoliblarini aniqladi.

Mamlakatimizning barcha viloyatlaridan va Qoraqalpogʼiston Respublikasidan 1000 nafarga yaqin sportchilar ishtirk etgan mazkur kubok musobaqalari yoshlar, oʼsmirlar va kattalar oʼrtasida yakkalik mashqlar, bellashuv, Temuriylar jang usuli va jamoaviy yoʼnalishlarda boʼlib oʼtdi.

- Bu galgi musobaqalarning jamoaviy koʼrgazmali mashqlarining qonun-qoidasiga biroz oʼzgartirish kiritdik. Bilasiz, taekvondo, karate, u-shu jang sanʼatlarida koreyts, yapon, xitoy xalqlarining tarixi, madaniyati, anʼanalari usullar orqali namoyish qilinadi. Biz ham shu maʼnoda har bir jamoa millatimizning tarixiy qahramonlari obrazini Oʼzbek jang sanʼati usullari orqali namoyish etishi lozimligini belgiladik. Ochigʼi, 14 hududning murabbiylari va sportchilari tomonidan ishlab chiqilib, ijro etilgan usullar barchaga birdek manzur boʼldi. Аsosiysi, milliy qadriyatlarimiz yoshlar oʼrtasida yanada ommalashdi. Oʼzbek jang sanʼatining yangi-yangi koʼrgazmali mashqlar jamlanmasi yaratildi. Bu esa xalqimizning boy anʼanalari targʼibotiga xizmat qiladi, albatta. Shu oʼrinda aytish lozimki, ushbu kubok bahslarida saralangan terma jamoa joriy yilning noyabrь oyida Italiyada yakkakurash sport turlari boʼyicha oʼtadigan Jahon kubogida Vatanimiz sharafini himoya qiladi, – deydi Respublika Oʼzbek jang sanʼati federatsiyasining Toshkent shahar boʼlimi ijrochi direktori Bahodir Nazarov.

Oʼzbekiston kubogida umum jamoalar natijasiga koʼra, poytaxtlik sportchilar 1-oʼrinni, Toshkent viloyati vakillari 2-oʼrinni, Аndijon jamoasi esa faxrli 3-oʼrin egalladi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
20.10.2019 | 17:52
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169