Bodibilding, fitnes va mas-restling boʻyicha Osiyo chempionatida qatnashgan atletlarimiz taqdirlanishdi

Avval xabar berganimizdek, Shu yil 26-sentyabrdan 4-oktyabrga qadar Indoneziyaning Batam shahrida bodibilding, fitnes va mas-restling boʻyicha navbatdagi Osiyo chempionati boʻlib oʻtgan edi.

Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligida musobaqada ishtirok etgan sportichilarni taqdirlash marosimi tashkil etildi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti maslahatchisining oʻrin bosari, Oʻzbekiston bodibilding, fitnes va mas-restling federatsiyasi raisi Odil Qalandarovich Abdurahmonov, vazirlik va federatsiya xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbirda Odil Abdurahmonov soʻzga chiqib, yurtimizda ushbu sport turi rivojlanib borayotgani, buning isbotini boʻlib oʻtgan musobaqadagi erishilgan yutuqlarimizdan koʻrishimiz mumkinligini taʼkidlab oʻtdi.

Shu oʻrinda sovrindorlarimiz yurtimizga yorugʻ yuz bilan qaytgani, muvaffaqiyatlariga sabab Oʻzbekistonda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga berilayotgan yuksak eʼtiborning natijasi ekanligini eʼtirof etishib, vazirlik hamda federatsiya rahbariyatiga minnatdorchilik bildirishdi. Marosim soʻngida sportchilarimizga rahbariyat tomonidan gul va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Maʼlumot uchun, Osiyo chempionatining yakuniy natijalariga koʻra Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari uchta oltin, bitta kumush va uchta bronza, jami 7ta medalga sazovor boʻldi. Norasmiy umumjamoa hisobida vakillarimiz 38 ta davlat orasida faxrli 3-oʻrinni egalladi. Bu borada Tailand eng yaxshi natija koʻrsatgan boʻlsa, ikkinchi pogʻonadan moʻgʻulistonlik atletlar joy olishdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
20.10.2019 | 17:52
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169