Nigʻmatilla Yoʻldoshev Oʻzbekiston kurash federatsiyasi raisi etib saylandi

Xabaringiz bor, Termizda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun kurash boʻyicha Al-Hakim At-Termiziy xotirasiga bagʻishlangan XIV xalqaro turnir boʻlib oʻtmoqda. Mazkur turnirda jahonning besh qitʼasidagi 48ta davlatdan eng sara polvonlar gʻoliblik uchun bahs olib borishmoqda.

Bugun kunning ikkinchi yarmida Termiz shahrida Oʻzbekiston kurash federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi tashkil etildi. Unda tashkiliy masala koʻrib chiqildi. Taʼkidlash kerak, ayni paytda mazkur sport tashkiloti raisi lavozimi vakant edi. Konferensiya doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nigʻmatilla Yoʻldoshev nomzodi mamlakat kurash federatsiyasi raisligiga tavsiya qilindi.

Saylovda federatsiya raisligiga boshqa nomzod koʻrsatilmadi va natijada Nigʻmatilla Yoʻldoshev bir ovozdan Oʻzbekiston kurash federatsiyasi raisi etib saylandi. Bu haqda kurash federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Biz Nigʻmatilla Yoʻldoshevga masʼul lavozimda omadlar tilaymiz va oʻzbek kurashini yangi bosqichga olib chiqishiga umid qilamiz.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

 

Saytning oxirgi yangilanishi:
20.10.2019 | 17:52
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169