Velotrek: Osiyo kubogining ilk kunida 4ta medal qoʻlga kiritildi

Joriy yil 4-7-oktyabr kunlari Tailandning Supxan Buri shahri velotrek boʻyicha Osiyo kubogiga mezbonlik qiladi. Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari mazkur musobaqada ishtirok etish uchun 2-oktyabr kuni Tailandga uchib ketgandi. Terma jamoa tarkibidan ikki nafar murabbiy, 5 nafar sportchi hamda Oʻzbekiston velosiped sporti federatsiyasi vakili oʻrin olgan.

Osiyo kubogining dastlabki kuni sportchilarimiz uchun muvaffaqiyatli boshlandi. Oʻsmirlar oʻrtasida kechgan bahslarda hamyurtimiz Behzod Rahimboyev bronza, qizlar oʻrtasida kechgan bahslarda esa Yanina Kuskova biryoʻla ikkita bronza hamda ayollar oʻrtasidagi musobaqada Renata Baymetova ham bronza medalini qoʻlga kiritdi. Shu tariqa musobaqaning ilk kunida Oʻzbekiston delegatsiyasi 4 ta medalga sazovor boʻldi.

Umid qilamiz, oldindagi musobaqalarda ham vakillarimiz munosib ishtirok etadi va yurtimizga medallar shodasi bilan qaytishadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
23.11.2020 | 23:22
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169