Atletlarimiz bodibilding, fitnes va mas-restling boʻyicha Osiyo chempionatida ajoyib natija qayd etdi

Shu yil 26-sentyabrdan 4-oktyabrga qadar Indoneziyaning Batam shahrida bodibilding, fitnes va mas-restling boʻyicha navbatdagi Osiyo chempionati boʻlib oʻtdi. Unda qitʼamizning 38 ta davlatidan 250 nafarga yaqin atlet gʻoliblik uchun bahs olib borishdi.

Ushbu musobaqada Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya, Indoneziya, Filippin, Malayziya, Xitoy Taypeyi, Hindiston, Pokiston, Tailand, Singapur, Shri-Lanka singari Osiyoning yetakchi davlatlaridan kelgan sportchilar medallar uchun kurashga kirishdi.

Osiyo chempionatining yakuniy natijalariga koʻra Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari ikkitadan oltin va bronza, jami 4 ta medalga sazovor boʻldi. Jumladan, erkaklar oʻrtasida Doston Hasanov atlet yoʻnalishida oltin, Pavel Umurzakov esa bodibilding yoʻnalishida bronza medalini qoʻlga kiritgan boʻlsa, ayollar oʻrtasidagi bahslarda Rushana Maksumova fitnes model yoʻnalishida oltin, yana bir vakilamiz Anjelina Osipyan esa fitnes model yoʻnalishida bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Norasmiy umumjamoa hisobida vakillarimiz bodibilding, fitnes va mas-restling yoʻnalishida 38 ta davlat orasida faxrli 3-oʻrinni egalladi. Bu borada Tailand eng yaxshi natija koʻrsatgan boʻlsa, ikkinchi pogʻonadan moʻgʻulistonlik atletlar joy olishdi.

Hozirgina Oʻzbekiston sport delegatsiyasi Kuala-Lumpur – Toshkent yoʻnalishi boʻylab yurtimizga yetib keldi va Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qoʻndi. Mazkur Osiyo chempionatida jami 9 nafar atletimiz Oʻzbekiston sharafini himoya qilishgan boʻlsa, shulardan toʻrttasi yakunda sovrindorga aylanishdi.

Toshkent xalqaro aeroportida atletlarimizni Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari Oybek Kasimov, Oʻzbekiston bodibilding, fitnes va mas-restling federatsiyasi raisi Odil Abdurahmonov, vazirlik hamda federatsiya xodimlari, shuningdek sportchilarning oila aʼzolari va ommaviy axborot vositalari xodimlari tantanali kutib olishdi.

Doston Hasanov (Osiyo chempioni) – Albatta, qitʼa chempionatida gʻalaba qozonishning oʻzi boʻlmadi. Ammo, mashgʻulotlardagi mashaqqatli mehnatlarimiz besamar ketmadi, yurtimizga yorugʻ yuz bilan qaytdik. Muvaffaqiyatlarimiz zamirida Oʻzbekistonda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga hukumatimiz darajasida berilayotgan eʼtibor yotibdi, desam aslo mubolagʻa boʻlmaydi. Fursatdan foydalanib, kamtarona mehnatlarimizni yuksak darajada qadrlab, tantanali tarzda kutib olishgani uchun vazirlik hamda federatsiya rahbariyatiga minnatdorlik bildiraman.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
20.10.2019 | 17:52
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169