Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti rektori Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida boʻldi

Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi “Samarqand shahrida Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti federal davlat byudjeti oliy taʼlim muassasasining filialini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4311-sonli qarori bilan Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universitetining Samarqand filiali tashkil qilinib, 2019-2020 oʻquv yilidan boshlab mazkur oliy taʼlim muassasasiga 6 ta sport taʼlim yoʻnalishiga 131 nafar talaba bakalavr yoʻnalishiga oʻqishga qabul qilindi.

Hozirda Samarqand filialiga qabul qilingan talabalar Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida tahsil olishmoqda.

Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti rektori, professor Tamara Viktorovna Mixaylova hamda mazkur universitetning ilmiy ishlar boʻyicha prorektori Mariya Sergeyevna Leontyeva joriy yilning 1-5-oktyabr kunlari Oʻzbekistonga tashrif buyurdi.

Mehmonlarni universitet rektori, professor Mahmud Boltaboyev kutib oldi hamda universitet oʻquv binolari, sport bazalari va talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirdi. Shundan soʻng faxriy mehmon Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universitetining Samarqand filialiga qabul qilingan talabalar bilan uchrashdi. Unda Tamara Mixaylova talabalarni qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob qaytardi.

Uchrashuv soʻngida Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti rektori talabalarga oʻqishda omad tilab, talabalarga mazkur universitetning ramziy belgisi tushirilgan esdalik sovgʻalarini taqdim etdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
24.11.2020 | 22:11
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169