Bokschi Dilshodbek Roʻzmetov munosib kutib olindi

Rossiyaning Yekaterinburg shahrida dunyoning 80 ga yaqin mamlakatlari o‘rtasida boks bo‘yicha bo‘lib o‘tgan jahon championatining kumush medal sovrindori Dilshod Ro‘zmetov Urganch xalqaro aeroportida Xorazm viloyati hokimligi, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, voha sporti ahli, shuningdek, sportchining ota-onasi, yaqinlari va doʻstlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari tomonidan katta shodiyona bilan kutib olindi. Shu yerning oʻzida unga hurmat va ehtirom ramzi sifatida zarbof toʻn kiydirildi.

Kutib olish marosimi tantanalari bir ozdan soʻng, Urganch ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining “Boks markazi” oldidagi xiyobonda davom etdi. Tadbirda qatnashgan Xorazm viloyati hokimi F.Ermanov soʻzga chiqib, hukumatimiz, xususan, Prezidentimiz rahbarligida jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish borasida olib borilayotgan islohotlar haqida toʻxtalib, oʻzbekistonlik “charm qoʻlqop” ustalarining Rossiya davlatida nihoyasiga yetgan boks boʻyicha jahon chempionatida koʻrsatgan yuksak natijasi yurtimizda olib borilayotgan ezgu ishlarning samarasi ekanligiga eʼtibor qaratdi.

Oʻz navbatida mamlakatimiz bokschilarining ushbu muvaffaqiyatiga oʻzining munosib ulushini qoʻshgan xivalik Dilshodbek Roʻzmetovni erishgan yutugʻi bilan qutlab, “Spark” avtomobilining kalitini topshirdi. Shuningdek, uning murabbiyi Ilhom Saʼdullayevga zamonaviy rusumdagi televizor sovgʻa qildi.

Avvalambor, Prezidentimiz tomonidan biz yoshlarga sport bilan shugʻullanishlarimiz uchun yaratib berilayotgan shart-sharoit va imkoniyatlar uchun minnatdorlik bildiramiz, - deydi boks boʻyicha jahon chempionati sovrindori, “Kelajak bunyodkori” medali sohibi D.Roʻzmetov.- Aynan, ushbu eʼtibor, koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrliklar bizni yangi-yangi marralar sari yetaklayapti. Nasib qilsa, bunga javoban 2020-yili Yaponiya davlatining poytaxti Tokio shahrida uyushtiriladigan yozgi Olimpiada oʻyinlari yoʻllanmasini qoʻlga kiritishni, ushbu yirik sport anjumanining oltin medali bilan qaytishni niyat qilganman. Maqsadim ushalishi yoʻlida bor kuch va gʻayratimni sarflashga tayyorman.

Jismoniy tarbiya va sport vazirigi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
01.04.2020 | 12:35
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169