Futbol: Oʻzbekiston chempionati final bosqichiga start berildi

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi huzuridagi hududiy bolalar-oʻsmirlar futbol akademiyalari tarbiyalanuvchilari oʻrtasida oʻtkazilayotgan Oʻzbekiston chempionatining final bosqichiga start berildi.

Musobaqaning birinchi bosqichida “A” va “B” mintaqalarga boʻlingan holda, uy-safar tizimidagi uchrashuvlarni yakunlab, U-14, U-15, U-16, U-17 yosh toifasidagi eng koʻp ochko jamgʻargan sakkiztadan jami 32 ta jamoa ikkinchi bosqich yoʻllanmasini qoʻlga kiritishdi.

Hududiy futbol akademiyalari tarbiyalanuvchilari oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionatining dastlabki uchrashuvlari aprel oyidan beri oʻtkazilib, oktyabr oyida final bosqichi yakunlanadi.

Bugungi kunda hududiy futbol akademiyalari jamoalarini musobaqada ishtirok etish talabnomasidagi, har bir yosh toifasida jami 22 nafar futbolchi, bosh murabbiy, yordamchi murabbiy, jamoa shifokori hamda videotasvirchi oʻrin olgan.

Shuningdek, oktyabr- noyabr oylari mobaynida Oʻzbekiston kubogi musobaqasi oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Mazkur musobaqada ham akademiyaning U-14, U-15, U-16, U-17 yoshdagi tarbiyalanuvchilari uy-safar tizimida ishtirok etishadi.

 

Final bosqichining dastlabki oʻyini natijalari:

“A” guruh

Surxondaryo BOʻFA 1:0 Toshkent BOʻFA

Fargʻona BOʻFA 5:3 QQR BOʻFA

“B” guruh

Andijon BOʻFA 5:1 Qashqadaryo BOʻFA

Buxoro BOʻFA 0:1 Namangan BOʻFA

 

Chempionatning ikkichi kuni natijalari bilan tanishing:

“B” guruh

Qashqadaryo BOʻFA 0:2 Namangan BOʻFA

Andijon BOʻFA 3:0 Buxoro BOʻFA

“A” guruh

Toshkent BOʻFA 2:1 QQR BOʻFA

Surxondaryo BOʻFA 1:2 Fargʻona BOʻFA

Ertangi oʻyin yarim finalga kimlar chiqishini aniqlab beradi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
20.10.2019 | 17:52
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169