Bayramingiz bilan, aziz ustoz va murabbiylar!

Oʻzbek maʼrifatparvar adibi Mahmudxoʻja Behbudiyning “Avlodlaringizga faqat bugunning emas, kelgusi zamonning ilmini oʻrgating”, degan iboralari zamirida ulkan maʼno mujassam. Zotan, raqobat borgan sari kuchayib borayotgan bugungi oʻta murakkab bir davrda farzandlarimizni kelajakka tayyorlab, sogʻlom va barkamol insonlar etib voyaga yetkazishda taʼlim-tarbiya sohasi, yaʼni oʻqituvchi va murabbiylar muhim oʻrin tutadi. Bugun mamlakatimiz sportchilari tomonidan xalqaro arenalarda qoʻlga kiritilayotgan olamshumul gʻalabalar zamirida ham ustozlarning hissasi cheksiz.

Qolaversa, yaratilayotgan imkoniyatlar tufayli Oʻzbekiston yoshlari turli sohalarda oʻz bilim va salohiyatini namoyon etib, Vatanimiz shuhratini butun dunyoga tarannum qilib kelishmoqda. Xususan, muhtaram yurtboshimizning “1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan mamlakatimiz oʻqituvchi va murabbiylariga yoʻllagan bayram tabrigida ham yaqinginada Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahrida dunyoning 80ga yaqin davlati sportchilari ishtirok etgan boks boʻyicha jahon chempionatida milliy jamoamiz aʼzolari yuksak azmu shijoat va mahorat koʻrsatib, umumjamoa hisobida 1-oʻrinni qoʻlga kiritganligi alohida eʼtirof etildi. Bunday ulkan yutuqlar avvalo fidoyi ustoz-murabbiylarning fidokorona mehnatlari samarasi ekanligi ham taʼkidlab oʻtildi.

Sportchilarimizning mamlakatimiz dovrugʻini dunyoga tarayotgan yorqin gʻalabalari haqida koʻp va xoʻp gapirish mumkin. Biroq, bitta haqiqatni tan olmasdan ilojimiz yoʻq, sportchi har qancha iqtidorli, kuch-gʻayratda tengsiz boʻlmasin, uning mahoratini yuzaga olib chiqishda ustoz-murabbiylarning tajribasi muhim oʻrin tutadi.

Shu maʼnoda bugungi qutlugʻ ayyom – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan jismoniy tarbiya va sport sohasida faoliyat koʻrsatayotgan barcha oʻqituvchi va murabbiylarni Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi nomidan samimiy muborakbod etamiz. Sizlarga hamisha shogirdlar kamoli va gʻalabalarini koʻrib yurish nasib etsin. Ayyomingiz muborak boʻlsin!!!

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
02.06.2020 | 20:56
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169