Buxoroda ham “Jismoniy tarbiya va sport aʼlochisi” koʻkrak nishoni topshirildi

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining 2019-yil 24-sentyabrdagi “Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan jismoniy tarbiya va sport sohasida alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi qabul qilindi.

Unga asosan mamlakatimizda yosh avlodning intellektual va maʼnaviy salohiyatini yuksaltirish, ularni ona Vatanga muhabbat, istiqlol gʻoyalariga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida sogʻlom va barkamol etib voyaga yetkazishga, ayniqsa yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishdagi jonkuyarligi hamda koʻp yillik samarali mehnati va jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun Buxoroda ham bir guruh fidoiy insonlar “Jismoniy tarbiya va sport aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

Shoboyev Xislat Raxmatovich - Peshku tumani Olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori,

Maʼrupov Batir Baxshilloyevich - Sportning oʻyin turlari va yengil atletika boʻyicha IBOʻSM badminton murabbiyi,

Volkov Andrey Anatolyevich - “Buxoro” professional futbol klubiga qarashli bolalar-oʻsmirlar futbol maktabi murabbiyi,

Saʼdullayeva Munira Hikmatovna - Buxoro shahri 2-sonli BOʻSM direktori,

Xayitov Jumakul - Buxoro muhandislik-texnologiya instituti jismoniy madaniyat kafedrasi mudiri,

Djumayev Shaxobiddin Shamsiddinovich - Vobkent tumani bolalar-oʻsmirlar sport maktabi yunon-rum kurashi boʻyicha murabbiyi,

Adizov Mels Qozoqovich - Qorakoʻl tumani Olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati kurash murabbiyi,

Barotov Shavkat Ibroximovich - Buxoro ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati sambo boʻyicha murabbiyi,

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

 

Saytning oxirgi yangilanishi:
12.08.2020 | 18:58
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169