Velotrek boʻyicha Respublika ochiq turniri yakunlandi

Joriy yil 28-29-30-sentyabr kunlari Toshkent shahar Olmazor tumanida joylashgan velotrek majmuasida velosportning trek yoʻnalishi boʻyicha erkaklar, ayollar hamda 2003-2004-yillarda tugʻilgan oʻsmirlar oʻrtasida Respublika ochiq turniri boʻlib oʻtdi.

Uch kun davom etgan mazkur musobaqa qizgʻin bahslarga boy boʻldi. Birinchi kungi bahslarda oʻz yoʻnalishlari boʻyicha erkaklar oʻrtasida Begzod Rahimboyev hamda Dilmurod Siddiqov birinchilikni qoʻlga kiritgan boʻlsa, ayollar oʻrtasida Shahnoza Abdullayeva va Diana Adelshenova peshqadamlik qildi.

Oʻsmirlar oʻrtasida esa Kamron Mirzarahimov raqiblaridan katta farq bilan oʻzib ketgan boʻlsa, qizlar orasida Anastasiya Otchenko 1-oʻrinni egalladi.

Ikkinchi kungi bahslarda har ikkala yoʻnalish boʻyicha erkaklar oʻrtasida Dmitriy Bocharov oʻz ustunligini namoyish etgan boʻlsa, ayollardan Renata Baymetova birinchilikni qoʻldan bermadi.

Oʻsmirlar orasida kechgan murosasiz bahslar soʻngida Vladislav Troman, qizlardan esa Sofiya Karimova marraga birinchi boʻlib yetib kelishdi.

Bugun oʻtkazilgan uchinchi kungi bahslarda marrani birinchi boʻlib zabt etish erkaklar oʻrtasida taniqli sportchimiz Murodjon Xolmurotovga, ayollardan esa Renata Baymetovaga nasib etdi. Oʻsmirlar orasida omad Kamron Mirzarahimovga kulib boqqan boʻlsa, qizlar bahsida yana Sofiya Karimova oʻz ustunligini isbotladi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
23.11.2020 | 23:22
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169