Samarqandda “Jismoniy tarbiya va sport aʼlochisi” koʻkrak nishoni sohiblari taqdirlandi

Avval xabar berganimizdek, “Jismoniy tarbiya va sport aʼlochisi” koʻkrak nishoni sohiblarini taqdirlash butun respublikamiz boʻylab davom etmoqda. Shunday tadbirlardan biri Samarqand shahrida boʻlib oʻtdi.

Marosimda soʻzga chiqqan Samarqand viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshligʻi Sh.Roʻziyev oʻqituvchi va murabbiylarni tabriklar ekan, farzandlarimizni Vatanga muhabbat, istiqlol gʻoyalariga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida sogʻlom va barkamol etib voyaga yetkazishda murabbiylarning oʻrni nechogʻlik muhim ekanligini taʼkidlab oʻtdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining 2019-yil 24-sentabrdagi 1701-sonli buyrugʻi bilan

Abdullayev Amrillo Rashidovich — Samarqand viloyati sportning oʻyin turlari va yengil atletika boʻyicha ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabining shashka boʻyicha trener-oʻqituvchisi,

Djurayev Xayrullo Urunbayevich — Gimnastika sport turi boʻyicha ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabining sport akrobatikasi boʻyicha trener-oʻqituvchisi,

Kostrikin Ivan Petrovich — Jomboy tumani bolalar-oʻsmirlar sport maktabi trener-oʻqituvchisi,

Rashidov Bahodir Qurbanovich — Kattaqoʻrgʻon shahar bolalar-oʻsmirlar sport maktabi yengil atletika boʻyicha trener-oʻqituvchilari “Jismoniy tarbiya va sport aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan takdirlandi.

 

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
01.04.2020 | 12:35
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169