Oʻzbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasida xorijlik mutaxassis ish boshladi

2020-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlariga munosib tayyorgarlik koʻrish maqsadida Oʻzbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi xorijlik tajribali mutaxassis bilan shartnoma tuzdi.

Endi Janubiy koreyalik murabbiy Kim Jin Yung Oʻzbekiston taekvondo terma jamoasi bilan ishlaydi.

Kim Jin Yung 1981-yilda Janubiy Koreyada tugʻilgan. 2000-2007-yillarda Kungxi Universitetida, 2004-2006-yillarda Vusok Universitetida tahsil olgan. 2018-yil Kungxi Universitetida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan.

Shu kunga qadar ushbu mutaxassis “Samsung S1 (Janubiy Koreya), “Suvon Sitixoll“ (Janubiy Koreya), Sangdji Universitetida taekvondo boʻyicha instruktor, Yedju Universitetida instruktor, 2017-yil Global Sports bosh direktori va Nazarin universiteti taekvondo terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borgan.

Kim Jin Yung taekvondo boʻyicha 6-dan qora belbogʻ sohibi, shuningdek xalqaro hakam va litsenziyadan oʻtgan instruktor hisoblanadi.

Sportchi sifatida u Janubiy Koreya chempioni, Koreya milliy oʻyinlari musobaqasi gʻolibi boʻlgan, Boston Universitetlararo Jahon chempionati(AQSH)da 3-oʻrinni olgan hamda Ispaniyada oʻtkazilgan Ochiq Jahon chempionati chempioni. 2010-yil Butunjahon Taekvondo federatsiyasi sertifikati bilan taqdirlangan.

Biz ushbu mutaxassisga Oʻzbekistondagi faoliyatida omad tilaymiz.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
20.10.2019 | 17:52
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169