“Russia Open” xalqaro turnirida 8 ta medal qoʻlga kiritildi

Rossiya poytaxti Moskva shahrida taekvondo WT boʻyicha “Russia Open” xalqaro turniri boʻlib oʻtayotgani haqida xabar bergan edik.

Kecha ushbu turnir yakuniga yetdi. Taekvondochilarimiz uchun “Russia Open” anchayin esda qolarli boʻldi. Oʻzbekiston sharafini 15 nafar sportchimiz himoya qilgan boʻlsa, shulardan 8 nafari oʻz hisoblariga medallarni yozdirib qoʻyishdi.

Vakillarimiz Moskvadagi musobaqada 5 ta oltin, 2 ta kumush hamda 1 ta bronza medallarini qoʻlga kiritishdi.

Shuningdek qizlarimizdan Nigora Tursunqulova turnirning “eng tajovuzkor jangchi”si nomiga munosib koʻrildi.

Quyida G-1 tasnifidagi “Russia Open” turnirida sovrindor boʻlgan sportchilar roʻyxati bilan tanishing:

Oltin

Feruza Sodiqova (-62 kg)

Nigora Tursunqulova (-67 kg)

Svetlana Osipova (+73 kg)

Jasurbek Jaysunov (-68 kg)

Nikita Rafalovich (-80 kg)

Kumush

Charos Qayumova (-53 kg)

Ozoda Sobirjonova (-57 kg)

Bronza

Madinabonu Mannopova (-49 kg)

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
27.09.2020 | 05:31
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169