Taekvondochilarimiz “Russia Open” turnirining dastlabki kunida toʻrtta oltin medalga sazovor boʻldi

Shu kunlarda Rossiya Federatsiyasi poytaxti Moskva shahrida taekvondo WT boʻyicha “Russia Open” xalqaro turniri boʻlib oʻtmoqda. Quvonarlisi, musobaqaning dastlabki kuni vakillarimiz uchun omadli keldi.

Kechagi bellashuvlarda ishtirok etgan 4 nafar sportchimiz oʻz vazn toifalarida barcha raqiblarini magʻlubiyatga uchratgan holda oltin medalga sazovor boʻldi. Jumladan, qizlar oʻrtasidagi musobaqalarda -62 kg vazn toifasida Feruza Sodiqova, -67 kgda terma jamoa yetakchisi Nigora Tursunqulova hamda eng ogʻir, +73 kg vaznda Svetlana Osipova, yigitlar oʻrtasida esa -68 kg da Jasurbek Jaysunovlar taekvondo boʻyicha G-1 tasnifidagi “Russia Open” xalqaro turnirida shohsupaning eng yuqori pogʻonasidan joy olishdi.

Taʼkidlash joiz, ushbu musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi sharafini 15 nafar sportchimiz himoya qilmoqda. Musobaqaning dastlabki kunida 7 nafar taekvondochi dayanga chiqqan boʻlsa (shundan 4tasi oltin medalga ega chiqishdi), qolgan 8 nafar sportchi esa bugun bahslarga kirishadi.

Bugungi musobaqalarda quyidagi sportchilarimiz ishtirok etadi:

-49 kg: Madinabonu Mannopova,

-53 kg: Charos Qayumova,

-57 kg: Ozoda Sobirjonova, Zariya Qosimova,

-74 kg: Xojiakbar Zokirov,

-80 kg: Nikita Rafalovich, Shuhrat Salayev,

+87 kg: Shohruh Rajabov

Barcha sportchilarimizga omad tilab qolamiz.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
27.09.2020 | 05:31
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169