MUNOSIB EʼTIROF yoxud boks boʻyicha jahon chempionati qahramonlari yuksak davlat mukofotlariga sazovor boʻldi

Matbuotda Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahrida boks boʻyicha boʻlib oʻtgan jahon chempionatida yuqori natijalarga erishgan sportchi va murabbiylardan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni eʼlon qilindi.

Farmonda yozilishicha, mamlakatimizda sport sohasini rivojlantirishga qaratilgan keng koʻlamli ishlar va yaratilayotgan sharoitlar tufayli sportchilarimiz tomonidan ulkan yutuqlar qoʻlga kiritilmoqda.

Xususan, joriy yilning 6-22-sentyabr kunlari Rossiyaning Yekaterinburg shahrida dunyoning 80 ga yaqin mamlakati sportchilari ishtirokida boks boʻyicha boʻlib oʻtgan jahon chempionatida milliy terma jamoamiz aʼzolari yuksak azmu shijoat va mahorat namunasini koʻrsatib, umumjamoa hisobida 1-oʻrinni egallaganligi hamda Vatanimizning xalqaro miqyosdagi shon-shuhratini tarannum etishga katta hissa qoʻshganligi, yurtimizda sportni keng ommalashtirish, sogʻlom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlar ongida milliy gʻurur, ona Vatanga muhabbat va sadoqat tuygʻularini kuchaytirish borasidagi munosib xizmatlari uchun bir guruh sportchi va murabbiylarimiz faxriy unvon va medallar bilan mukofotlanishdi.

“Oʻzbekiston iftixori”

Jalolov Bahodir Isomiddin oʻgʻli – boks boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi;

Mirzaxalilov Mirazizbek Mirzakarim oʻgʻli - boks boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi

“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi”

Kurbanov Marat Galiyevich – boks boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi;

Qilichev Toʻlkin Maxmurovich – Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining boks boʻyicha murabbiyi;

Erkayev Baxodir Turgunovich – Fargʻona viloyati ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktabining boks boʻyicha murabbiyi;

“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi”

Zoirov Shaxobidin Shokirovich – boks boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi;

“Kelajak bunyodkori” medali bilan

Baturov Bobo-Usmon Shamsutdin oʻgʻli – boks boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi;

Roʻzmetov Dilshodbek Yusupbay oʻgʻli – boks boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi;

“Shuhrat” medali bilan

Axmedov Burxon Baxramovich – Paxtakor tumanidagi bolalar va oʻsmirlar sport maktabining boks boʻyicha murabbiyi, Jizzax viloyati;

Qilichev Farruh Komilovich – Chirchiq ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining boks boʻyicha bosh murabbiyi, Toshkent viloyati.

Biz barcha mukofotlanganlarni Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi nomidan samimiy muborakbod etgan holda ularga kelgusi musobaqalar, xususan Yaponiyaning Tokio shahri mezbonlik qiladigan XXXII yozgi Olimpiya oʻyinlarida omad va zafarlar yor boʻlishini tilab qolamiz.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
24.11.2020 | 22:11
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169