Ogʻir atletika: jahon chempionati sovrindori Adhamjon Ergashev munosib kutib olindi

Tailandning Pattaya shahrida boʻlib oʻtgan kattalar oʻrtasida ogʻir atletika boʻyicha jahon chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritgan Adhamjon Ergashevni Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov hamda viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshligʻi Shokirjon Qoraboyev Tokio-2020 Olimpiadasi oltin medallari yoʻlidagi navbatdagi qadam bilan qutladi.

Xayrullo Bozorov, sportchini jahon chempionatida erishgan natijasi bilan qutlar ekan, Namangan viloyatining Adhamjonga ishonchi katta ekanini qayd etdi. Adhamjon Ergashevga viloyat hokimining pul mukofoti ham topshirildi.

Jahon chempionatida 67 kg vaznda ishtirok etgan oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasida koʻp karra jahon chempioni, yangiqoʻrgʻonlik atlet Adhamjon Ergashev dast koʻtarishda 146 kg natija bilan toʻrtinchi oʻrinni egallagan boʻlsa, siltab koʻtarishda 182 kg natija koʻrsatib, uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Adhamjon, bronza medali bilan birga Tokio Olimpiadasi yoʻllanmasi uchun qimmatli ochkolarni ham qoʻlga kiritdi.

Adhamjon Ergashev Tailandda boʻlib oʻtgan musobaqada koʻrsatgan natijasi bilan kattalar oʻrtasida jahon chempionati sovrindori boʻlish bilan birga, oʻz yosh toifasida 7 ta jahon rekordini ham yangiladi.

“Olimpiadada gʻoliblikni qoʻlga kiritish juda katta natija boʻladi. Xalqaro maydonda Oʻzbekiston bayrogʻi yuqori koʻtariladi. Bundan tashqari, minglab yoshlarimizda havas uygʻonadi, sportga kirib kelishadi, chempionlar ortidan ergashishadi” deb taʼkidladi viloyat hokimi.

Adhamjon Ergashev Tokiodan Olimpiada oltin medali bilan qaytib, o‘ziga bildirilayotgan ishonch va umidlarni toʻla oqlash niyatida ekanligini aytib, oʻz minnatdorchiligini bildirdi.

 

Saytning oxirgi yangilanishi:
20.10.2019 | 17:52
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169