Ogʻir atletika: 19 yoshli sportchimiz JCH sovrindoriga aylandi va jahon rekordini yangiladi

Shu kunlarda Tailandning Pattayya shahrida boʻlib oʻtayotgan ogʻir atletika boʻyicha kattalar oʻrtasidagi jahon chempionati oʻzining hal qiluvchi pallasiga kirdi.

Bugun erkaklar oʻrtasida vazni 109 kilogacha boʻlgan atletlar gʻoliblik uchun supachaga chiqishdi. Quvonarlisi, ushbu vazn toifasida hamyurtimiz, yoshlar oʻrtasida jahon chempioni Akbarjon Joʻrayev vatanimiz sharafini munosib himoya qildi.

Endigina 19 bahorni qarshi olgan Akbarjon dast koʻtarish mashqida 188 kilolik toshni oʻziga boʻysundirdi. Bu natija unga yakunda 6-oʻrinni taqdim etdi. Siltab koʻtarish mashqi esa hamyurtimizning sevimli yoʻnalishi sanaladi va bu yana bir karra oʻz tasdigʻini topdi. Ushbu mashqda Akbarjon Joʻrayev birinchi urinishda 221, ikkinchi urinishda 226 va soʻnggi uchinchi urinishda 229 kilolik toshni koʻtardi va ushbu yoʻnalishda kumush medalga sazovor boʻldi. Ikki kurash boʻyicha hamyurtimizning yakuniy natijasi 417 kiloni tashkil qildi. Bu koʻrsatkich bilan u toʻrtinchi pogʻonadan joy oldi.

Siltab koʻtarish mashqida 230 kg toshni oʻziga boʻysundirgan armanistonlik Simon Martirosyan mutlaq chempionlikni qoʻlga kiritdi. Ushbu mashqda 3-oʻrinni 228 kilo natija bilan beloruslik Andrey Aramnau egalladi. Ikki kurashda ushbu sportchi 426 kg natija bilan kumush medalga sazovor boʻldi. Ikkikurashda kuchli uchlikka 420 kilo natija bilan Xitoy terma jamoasi aʼzosi yakun yasab berdi.

Shunisi eʼtiborliki, A.Joʻrayev dast va siltab koʻtarishda qayd etgan natijalari bilan yoshlar oʻrtasidagi jahon rekordini yangilashga muvaffaq boʻldi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
20.10.2019 | 17:52
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169