Jahon chempionatida dastlabki medal qoʻlga kiritildi

Kadetlar oʻrtasida jahon chempionati Qozogʻistonning Almati shahrida start oldi. Ushbu jahon chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi ham ishtirok etmoqda.

Chempionatda jami 16 ta vazn toifasida (8 tadan oʻgʻil va qiz bolalar) bahslarda ishtirok etishadi. Musobaqaga 61 mamlakatdan 463 nafar yosh sportchilar tashrif buyurishgan.

Jahon chempionatining dastlabki kuni biz uchun quvonarli boʻldi sababi Sobirjon Karimov (-55 kg) dastlabki medalni yani bronza medalini terma jamoamiz hisobiga yozdirib qoʻydi.

Dzyudochimiz portugaliyalik Migel Gago, qozogʻistonlik Kayirbek Junisbekni magʻlubiyatga uchratib chorak finalga yoʻl oldi. Chorak finalda esa yaponiyalik Yuma Satoga imkoniyatni boy berib qoʻydi. Oʻtish bahsida moʻgʻulistonlik Battsengel Xorolsuren, bronza medali uchun kechgan bellashuvda esa ukrainalik Vladislav Kolobovni taslim etdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
13.12.2019 | 13:26
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169