Velotrek: Respublika ochiq turniri yangi isteʼdodlarni kashf etdi

Toshkent shahridagi velotrek majmuasida velosportning trek yoʻnalishi boʻyicha 2001-2002-yili tugʻilgan yoshlar va qizlar hamda 2005-2006-yillarda tugʻilgan oʻsmirlar oʻrtasida Respublika ochiq turniri boʻlib oʻtdi.

Uch kun davom etgan musobaqada jami 117 nafar velosportchi gʻoliblik uchun oʻzaro bahs olib borishdi. Birinchi kun natijalariga koʻra oʻz yoʻnalishlarida yoshlar oʻrtasida Dmitriy Sirko va Arseniy Pokosenkolar gʻoliblikni qoʻlga kiritishgan boʻlsa, qizlar oʻrtasida Sofiya Karimova ikki yoʻnalish boʻyicha ham tengsiz, deb topildi. Oʻspirinlar oʻrtasida belgilangan masofani birinchi boʻlib Ruslan Nafikov bosib oʻtdi. Kichik yoshli velosportchi qizlar oʻrtasida oʻtgan bahslarda Asal Rizayeva gʻolib boʻldi.

Musobaqaning ikkinchi kuni ham qizgʻin va shiddatli vaziyatlarga boy boʻldi. Dmitriy Sirko bu safar ham har ikki yoʻnalishda gʻoliblikni qoʻldan bermadi. Qizlar oʻrtasida chempionlik oʻz yoʻnalishlarida Anna Kulikova hamda Margarita Misyurinalarga nasib etdi. Oʻsmirlar va qizlar oʻrtasida Ruslan Nafikov va Asal Rizayeva 2-kungi bahslarda ham peshqadam boʻlishdi.

Uchinchi kungi bahslarda ham Dmitriy Sirko oʻzining ushbu sport turida peshqadam ekanligini isbotladi. Qizlar oʻrtasida kechgan bahslarda Sofiya Karimova 1-oʻrinni egalladi. Kichik yosh toifasidagi musobaqalarda ham yana bir bora Ruslan Nafikov hamda Asal Rizayeva gʻoliblikni qoʻlga kiritib, barcha yoʻnalishlar boʻyicha mutlaq gʻalabani qoʻlga kiritdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
23.11.2020 | 23:22
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169