Badminton: sportchilarimiz xalqaro turnirda sovrindor bo‘lishdi

Maldiv orollarida o‘tkazilayotgan badminton xalqaro turniri o‘z nihoyasiga yetdi. Maldives international future series 2019 erkaklar juftlik bahslarida 18 mamlakat sportchilari ishtirok etishdi.

Murosasiz kechgan bahslarda hamyurtlarimiz juftlik dueti Artyom Savatyugin (Toshkent) va Amrullo Baxshulaev (Buxoro) 3-orinni qo‘lga kiritishdi.

Shiddatli o‘tgan asosiy turning birinchi raundida sportchilarimiz malayziyalik juftlikni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Ikkinchi bosqichda hindistonlik sportchilardan 2:0 hisobida qo‘li baland kelgan bo‘lsa, finalga chiqish uchun tailandlik juftlik bilan kechgan bahsda sportchilarimizga omad yetishmadi. 0:2 hisobida 3-o‘rin bilan kifoyalanishdi.

 

Saytning oxirgi yangilanishi:
23.11.2020 | 23:22
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169