Eshkak eshuvchilarimiz bugun jahon chempionatidagi bahslarni boshlaydi

Joriy yilning 10-30-sentyabr kunlari Ispaniyaning Seu-de-Urjel shahrida slalomda eshkak eshish boʻyicha oʻquv-mashgʻulot yigʻini hamda jahon chempionatida ishtirok etish uchun Ispaniyada boʻlib turishibdi.

Vakillarimiz 10-sentyabrda xalqaro oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini boshlashgan edi. Unda bir necha davlatdan kelgan eshkak eshuvchilar bilan birgalikda mashgʻulotlarda ishtirok etishdi.

Bugun esa 25-29-sentyabr kunlari boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan jahon chempionatida sportchilarimiz chempionlik uchun bahslarga kirishishadi.

Ushbu jahon chempionati kelasi yil boʻlib oʻtadigan Tokio-2020 Olimpiadaga saralash vazifasini ham oʻtab beradi.

Oʻquv-mashgʻulot yigʻini hamda jahon chempionatida ishtirok etayotgan sportchilarimiz quyidagilar:

Sportchilar

Alibek Temirgaliev

Janibek Temirgaliev

Abubukir Bukanov

Barkamol Mirzaxamdamov

Ravil Kirpichev

Ismoilbek Abdumapov

Trenerlar

Ruslan Shoazimov

Aleksey Zubarev

Izzatilla Rahmatullayev

Menedjer

Azizjon Xodjiyev

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
30.11.2020 | 15:24
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169