Dzyudochilarimiz Grozniydagi musobaqa shohsupasida

Chechenistonning Grozniy shahrida dzyudo boʻyicha 23 yoshgacha boʻlgan sportchilar oʻrtasida xalqaro turnir boʻlib oʻtdi.

Oʻz tarixida toʻqqizinchi marta tashkil etilgan Turpal-Ali Zelimxanovich xotirasiga bagʻishlangan ushbu musobaqada Ukraina, Ozarbayjon, Armaniston, Qozogʻiston, Sloveniya, Rossiyaning 19 ta mintaqasidan kelgan jami 250 nafardan ziyod dzyudochi gʻoliblik yoʻlida bahslarga kirishdi.

Xalqaro turnirda besh nafar oʻzbekistonlik dzyudochi ham oʻz mahoratlarini namoyish etdi. Grozniy tatamilarida Shahboz Nurmatov (-60 kg), Jaloliddin Boynazarov (-73 kg), Yusufbek Normamatov (-81 kg), Behruz Amandavlatov (-66 kg) va Shohruh Mamarasulov (+100 kg) yurtimiz sharafini himoya qildi.

Quvonarlisi, Behzod Toʻraboyev shogirdlaridan ikki nafari gʻolib va sovrindorlar safidan joy olishdi. -66 kg vazn toifasidagi bahslarda ishtirok etgan Behruz Amandavlatov barcha raqiblarini magʻlubiyatga uchratib, oltin medalni qoʻlga kiritdi. Shohruh Mamarasulov esa bronza medaliga sazovor boʻldi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
13.12.2019 | 13:26
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169