Futbol: milliy terma jamoada kutilgan isteʼfo va tayinlov

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper oʻrtadagi mavjud shartnomani oʻzaro kelishuvga asosan bekor qildi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati maʼlum qildi.

2018-yilning avgust oyida Oʻzbekiston milliy terma jamoasi boshqaruviga kelgan argentinalik mutaxassis bosh jamoamizni bir yildan ortiqroq muddat davomida boshqarib bordi.

OʻFA Ektor Kuper hamda u boshchiligidagi murabbiylar shtabiga Oʻzbekiston milliy terma jamoasidagi faoliyati uchun minnatdorlik bildiradi va ularga kelgusi faoliyatida omad tilaydi.

Milliy terma jamoamizda esa bundan buyon Vadim Abramov bosh murabbiy sifatida faoliyat olib boradi. OʻFA murabbiylar kengashi yurtimizdagi taniqli mutaxassislardan biri sanaladigan Vadim Karlenovich nomzodini maʼqulladi. Bilasiz, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi ushbu mutaxassis boshchiligida Qatar yashil maydonlarida oʻtgan Osiyo kubogi-2011 bahslarida oʻzining qitʼa birinchiliklaridagi eng yaxshi natijasini qayd etgandi. Milliy terma jamoamizning oʻsha yorqin oʻyinlari muxlislarimizning hali ham yodida.

Vadim Abramovga murabbiylar shtabida Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida uzoq yillar muvaffaqiyatli faoliyat olib borgan va endilikda murabbiylik sohasida qisqa vaqt ichida sezilarli oʻsishga erishib, muxlislar ishonchini qozonishga ulgurgan Timur Kapadze yordam beradi. Shuningdek, oʻzbek futboli muxlislariga yaxshi tanish avstraliyalik mutaxassis Mirko Yelichich futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi bilan shugʻullanadi. Darvozabonlar bilan esa Denis Ivankov ishlashda davom etadi.

Umid qilamizki, yangi murabbiylar shtabi milliy terma jamoani muvaffaqiyatlar sari yetaklaydi. Oʻz navbatida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi mamlakat milliy terma jamoasining yangi murabbiylar shtabiga boʻlajak musobaqalarda omad tilaydi hamda ular boshchiligida futbolchilarimiz xalqimizning azaliy orzusi – Jahon chempionatiga chiqish vazifasini uddalashiga ishonadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
20.10.2019 | 17:52
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169