Tennis: Oʻzbekiston chempionati gʻoliblari aniqlandi

Namanganda 2001-2004, 2005-2006, 2007-yillarda tugʻilgan va undan kichik yoshdagi oʻsmirlar va qizlar oʻrtasida tennis boʻyicha Oʻzbekiston chempionati boʻlib oʻtdi.

Ushbu musobaqa Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston tennis federatsiyasi hamda Namangan viloyat hokimligi hamkorligida tashkil etildi.

Qiziqarli va murosasiz tarzda boʻlib oʻtgan musobaqa yakuniga koʻra quyidagi ishtirokchilar gʻoliblikni qoʻlga kiritdi:

12 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar:

Abdulaziz Usmonjonov,

12 yoshgacha boʻlgan qizlar:

Sevinchoy Egambergenova,

12 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar (juftlikda):

Nuriddin Baxtiyorov / Abdulaziz Usmonjonov.

12 yoshgacha boʻlgan qizlar (juftlikda):

Dilxush Dadabayeva va Samira Xaziyeva.

12 yoshgacha boʻlganlar (mikstda):

Abdulaziz Usmonjonov / Samira Xaziyeva.

14 yoshgacha boʻlgan qizlar:

Maftunabonu Qahramonova.

14 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar (juftlikda):

Bobur Madaminov / Aziz Madatov (Toshkent vil).

14 yoshgacha boʻlgan qizlar (juftlikda):

Maftunabonu Qahramanova / Shahnoza Marimova.

14 yoshgacha boʻlganlar (mikstda):

Amir Milushev / Munisa Ashurbekova.

18 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar:

Aziz Dadabayev.

18 yoshgacha boʻlgan qizlar:

Setora Normurodova

18 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar (juftlikda):

Aziz Dadaboyev / Fayzullo Mirzagʻaniyev

18 yoshgacha boʻlgan qizlar (juftlikda):

Setora Normurodova / Aliya Musabekova .

18 yoshgacha boʻlganlar (mikstda):

Aziz Dadaboyev / Feruza Shodiyeva.

Bir hafta davom etgan musobaqalar yakuniga koʻra Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi tarbiyalanuvchilari jami 36 ta (13 ta oltin, 13 ta kumush, 10 ta bronza) medal bilan norasmiy umumjamoa hisobida 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Chempionat gʻolib va sovrindorlari musobaqaning yopilish marosimida Jismoniy tarbiya va sport vazirligining medal, diplom hamda viloyat tashkiliy qoʻmita aʼzolari va Respublika tennis federatsiyasi vakillari tomonidan esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
20.10.2019 | 17:52
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169