Dzyudo: Toshkent Gran-prisida Oʻzbekiston terma jamoasi 2-oʻrinni egalladi

Poytaxtimizdagi “Humo Arena”da uch kun davom etgan dzyudo boʻyicha Toshkent Gran-prisi nihoyasiga yetdi.

Kecha erkaklar oʻrtasida +100 kg vazn toifasida oʻtkazilgan bellashuvlarda yurtimiz sharafini Bekmurod Oltiboyev himoya qildi. U finalda 2018-yilgi jahon chempionati gʻolibi gruziyalik Guram Tushishviliga qarshi tatamiga chiqdi. Qiziqarli kechgan bahs davomida har ikki sportchi bittadan vazari ishlab olishdi. Bahs yakunlanishiga 30 soniya qolgan bir paytda Guram usul qoʻllab, gʻalabani oʻz tomoniga ogʻdirib oldi. Natijada Oltiboyev kumush medalga ega chiqdi.

Ushbu vazn toifasida qatnashgan yana bir polvonimiz Alisher Yusupov bronza medali uchun kechgan bahsda yutqazib qoʻydi va 5-oʻrin bilan kifoyalandi.

Dunyoning 71 davlati sportchilari ishtirok etgan musobaqa yakunida Rossiya terma jamoasi aʼzolari beshta oltin va ikkita kumush medal bilan umumjamoa hisobida 1-oʻrinni egalladi. Ikkita oltin, uchta kumush, ikkita bronza medalini qoʻlga kiritgan Oʻzbekiston terma jamoasi esa ikkinchi pogʻonadan joy oldi. Ikkitadan oltin va bronza medali bilan Avstriya terma jamoasi kuchli uchlikka yakun yasadi.

Janubiy Koreya, Gruziya, Shvetsiya, Gretsiya va Vengriya dzyudochilari bittadan oltin medalga ega chiqishdi. Dzyudo vatani Yaponiya terma jamoasi aʼzolari esa ikkita kumush va bitta bronza medali bilan 9-oʻrinni egallashdi. Umuman, jami 29 ta davlat sport delegatsiyalari oʻz vataniga Toshkent Gran-prisining kamida bitta bronza medali bilan qaytadigan boʻldi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
13.12.2019 | 13:26
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169