Slalomda eshkak eshuvchilarimiz Ispaniyadagi yigʻinda

Shu kunlarda slalomda eshkak eshish boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzolari Ispaniyaning Seu-De-Urjel shahrida navbatdagi oʻquv-yigʻin mashgʻulotlarini olib bormoqda. Yigʻinga murabbiy va sportchilardan iborat jami 10 kishilik delegatsiya joʻnab ketgan. Mazkur yigʻin terma jamoamiz aʼzolari uchun joriy yil 25-29-sentyabr kunlari xuddi shu shaharda boʻlib oʻtadigan jahon chempionatiga tayyorgarlik vazifasini oʻtab beradi.

Seu-De-Urjelda oʻtkaziladigan jahon chempionati kelgusi yil Yaponiyaning Tokio shahrida boʻladigan XXXII yozgi Olimpiya oʻyinlariga saralash bosqichi vazifasini ham oʻtab beradi. Umid qilamizki, Ispaniya zaminida tashkil etilayotgan yigʻin sportchilarimiz uchun har taraflama foydali boʻlib, bu jahon chempionatida oʻz mahsulini beradi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
30.11.2020 | 15:24
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169