DZYUDO: bugungi bahslarda ikkitadan oltin va kumush qoʻlga kiritildi

Xabaringiz bor poytaxtimizda dzyudo boʻyicha Toshkent gran-prisi boʻlib oʻtmoqda. Ushbu turnirning rasman ochilish marosimi tantanali ravishda “Humo Arena”da boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari Aziz Abduhakimov hamda Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) bosh sport direktori Vladimir Barda ishtirokchilarni qutladi va musobaqalarni ochib berdi. Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev va vazirning birinchi oʻrinbosari Oybek Kasimov ishtirok etdi.

Ochilish marosimida soʻzga chiqqan Aziz Abduhakimov yettinchi marotaba poytaxtimiz mezbonligida tashkil etilayotgan ushbu nufuzli turnirning ilk bor muhtasham, koʻp tarmoqli “Humo Arena“da oʻtkazilayotgani, bugungi kunda yurtimizda 33 mingdan ziyod kishi bevosita dzyudo bilan shugʻullanib kelishayotgani, bularning zamirida mamlakatimizda sportga berilayotgan eʼtibor va gʻamxoʻrlik yotganini alohida taʼkidladi.

Xalqaro dzyudo federatsiyasi bosh sport direktori Vladimir Barda Toshkent Gran-prisini yuqori saviyada oʻtishini taʼminlayotgan Oʻzbekiston hukumati, mamlakat dzyudo federatsiyasi hamda homiylarga minnatdorlik bildirdi.

Mehmonlar uchun teatrlashgan sahna koʻrinishlari hamda konsert dasturi namoyish etildi.

Shundan soʻng musobaqaning final bahslariga start berildi. Erkaklar bahsida (-73 kg) Hikmatillo Toʻrayev tojikistonlik Behruzi Xojazodaga hech qanday imkoniyat qoldirmagan xolda oltin medalni qoʻlga kiritdi. Maʼlumot uchun, Toʻrayev oʻtgan yilgi Toshkent Gran-prisida ham oltin medalga sazovor boʻlgandi.

-81 kg vazn toifasidagi final bellashuvida Kamoliddin Rasulov va Sharofiddin Boltaboyev oʻzaro toʻqnash kelishdi. Murosasiz kechgan “oʻzbek derbi”sida Sharofiddin Boltaboyevning qoʻli baland keldi hamda gʻolib sportchimiz Tokio-2020 Olimpiadasiga qimmatli 700 reyting ochkosini qoʻlga kiritdi.

Qizlar bahsida (-70 kg) Gulnoza Matniyozova gretsiyalik Elizabet Telsidouga qarshi tatamiga chiqdi. Afsuski final bellashuvida Matniyozovaga omad yetishmadi va kumush medal bilan birga Tokio Olimpiadasiga 490 reyting ochkosini qoʻshib qoʻydi.

Eslatib oʻtamiz kechagi final bahslarida yurtdoshlarimiz Diyorbek Oʻrozboyev (-60 kg) hamda Sardor Nurillayev (-66 kg)lar bronza medallarini qoʻlga kiritgan edilar.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
13.12.2019 | 13:26
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169