Toshkent Gran-prisida dastlabki oltin medal naqd, bu roʻyxat yana uzayishi mumkin

Poytaxtimizdagi “Humo Arena” muz saroyida boʻlib oʻtayotgan dzyudo boʻyicha Toshkent Gran-prisining ikkinchi kungi bellashuvlari hamyurtlarimizga atalmoqda, desak mubolagʻa boʻlmaydi.

Kecha oʻtkazilgan 5ta vazn toifasidagi bellashuvlarda Rossiya terma jamoasi aʼzolari uchta oltin medalga sazovor boʻlishgandi. Bugun esa Oʻzbekiston madhiyasi ham uch bor yangrash ehtimoli yoʻq emas. Buning uchun sportchilarimiz oʻz imkoniyatlarini toʻliq namoyon etsa bas.

Umuman, bugungi bellashuvlar yakunida kamida bir marta hamyurtimiz koʻksini oltin medal bezashi aniq. Gap shundaki, erkaklar oʻrtasida vazni 81 kilogacha boʻlgan polvonlar bahsida yarim finalda uch nafar hamyurtimiz yetib keldi. Final yoʻlida Sharofiddin Boltaboyev oʻz jamoadoshi Muso Sobirovdan ustun kelgan boʻlsa, Kamoliddin Rasulov Avstriya sharafini himoya qilayotgan Shamil Borchashvilidan ustun keldi. Endi ushbu vazn toifasida oltin medal taqdiri oʻzbek polvonlari Shamsiddin Boltaboyev va Kamoliddin Rasulov bellashuvida hal boʻladi.

Shuningdek, bugun kechki dasturda erkaklar oʻrtasida -73 kg vazn toifasida terma jamoamiz aʼzosi Hikmatilla Toʻrayev, ayollar oʻrtasida esa -70 kg vaznda Gulnoza Matniyozova ham chempionlik uchun kurash olib boradi.

Erkaklar oʻrtasida -81 kg vazn toifasida Muso Sobirov bronza medali uchun Avstriya terma jamoasi aʼzosi Shamil Borchashvili bilan bellashadi. Boʻlgʻusi bellashuvlarda barcha sportchilarimizga omad tilaymiz.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
13.12.2019 | 16:23
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169