Dzyudo: Toshkent Gran-prisining birinchi kuni kimlarga ataldi?

Xabaringiz bor, kecha poytaxtimizdagi koʻp tarmoqli “Humo Arena” muz saroyida dzyudo boʻyicha Toshkent Gran-prisiga start berilgandi.

Musobaqaning dastlabki kunida erkaklar -60, -66 kg, ayollar esa -48, -52 hamda -57 kg vazn toifalarida musobaqa medallari hamda Tokio-2020 olimpiadasining qimmatli reyting ochkolarini qoʻlga kiritish uchun tatamiga chiqishdi. Taʼkidlash joiz, Toshkent Gran-prisining ilk kuni rossiyalik dzyudochilarga ataldi. Boisi, 5ta vazn toifasidan naqd uchtasida Rossiya terma jamoasi aʼzolari shohsupaning eng yuqori pogʻonasiga koʻtarildi.

Toshkent Gran-prisining kechagi gʻolib va sovrindorlari:

Ayollar:

-48 kg

1. Sabina Gilyazova (Rossiya)

2. Leyla Aliyeva (Ozarbayjon)

3. Marina Chernyak (Ukraina)

3. Melodi Vaugarni (FRA)

-52 kg

1. Bok Yong Jeong (Janubiy Koreya)

2. Xorloodoy Bishrelt (Moʻgʻuliston)

3. Soumiya Iraoui (Marokash)

3. Gefen Primo (Isroil)

-57 kg

1. Xedvig Karakash (Vengriya)

2. Ivelina Iliyeva (Bolgariya)

3. Jandi Kii (Janubiy Koreya)

3. Yu Jeong Kvon (Janubiy Koreya)

Erkaklar

-60 kg

1. Yago Abuladze (Rossiya)

2. Genki Koga (Yaponiya)

3. Diyorbek OʻRAZBOYEV (OʻZBEKISTON)

3. Yung Vey Yang (Xitoy Taypeyi)

-66 kg

1. Yakub Shamilov (Rossiya)

2. Yuji Aida (Yaponiya)

3. Muhammad Abdelmavgud (Misr)

3. Sardor NURILLAYEV (OʻZBEKISTON)

Toshkent Gran-prisining ikkinchi kunida yana toʻrtta vazn toifasida gʻoliblar nomi aniqlanadi. Poytaxtimizdagi muhtasham “Humo Arena“ muz saroyi mezbonlik qilayotgan ushbu musobaqada erkaklar -73 hamda -81 kg vazn toifalarida, ayollar esa -63 va -70 kg vaznda kimlar kuchli ekanligini bilib olishadi.

Bugun tatamiga chiqadigan dzyudochilarimiz roʻyxati:

Erkaklar:

-73 kg

Gʻiyosjon Boboyev (Oʻzbekiston) – Tommi Makias (Shvetsiya) ikkinchi davra

Umidjon Abdullayev (Oʻzbekiston) – Vadzim Shoka (Belarus) ikkinchi davra

Obidxon Nomonov (Oʻzbekiston) – Fetxi Nourin (Jazoir) ikkinchi davra

Hikmatullo Toʻrayev (Oʻzbekiston) – Somon Mahamadbekov (Tojikiston) ikkinchi davra

-81 kg

Kamoliddin Rasulov (Oʻzbekiston) – Jobandip Singx (Hindiston) ikkinchi davra

Bahodir Panjiyev (Oʻzbekiston) – Samuel Kvitonda (Burundi) birinchi davra

Muso Sobirov (Oʻzbekiston) – Atilla Ungvari (Vengriya) ikkinchi davra

Sharofiddin Boltaboyev (Oʻzbekiston) – Sadr Boboyev (Tojikiston)/Rigaki Nai (Xitoy) ikkinchi davra

Ayollar:

-63 kg

Sevinch Isoqova (Oʻzbekiston) – Kamila Badurova (Rossiya) ikkinchi davra

Shohista Nazarova (Oʻzbekiston) – Ami Livesey (Buyuk Britaniya) ikkinchi davra

Ravshana Amangeldiyeva (Oʻzbekiston) – Inbal Shemesh (Isroil) ikkinchi davra

Farangiz Xolmurodova (Oʻzbekiston) – Mayeve Kuxlan (Avstraliya) ikkinchi davra

-70 kg

Mamlakat Sultonova (Oʻzbekiston) – Taisiya Kireyeva (Rossiya) birinchi davra

Gulnoza Matniyazova (Oʻzbekiston) –Garima Choudxari (Hindiston)/Ayuk Otay Arrey Sofina (Kamerun) ikkinchi davra

Bugungi bellashuvlarda ham terma jamoamiz aʼzolaridan gʻalabalar kutib qolamiz.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

 

Saytning oxirgi yangilanishi:
13.12.2019 | 13:26
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169