Ogʻir atletika: Nabiyeva ham JCHning bronza medalini qoʻlga kiritdi

Tailandning Pattayya shahrida qizgʻin davom etayotgan ogʻir atletika boʻyicha kattalar oʻrtasidagi jahon chempionatining bugungi bahslari terma jamoamiz aʼzolari uchun omadli kechdi.

Bugungi bellashuvlarni erkaklar oʻrtasida -67 kg vazn toifasidagi atletlar boshlab bergan va unda hamyurtimiz, yoshlar oʻrtasida jahon chempioni Adhamjon Ergashev bronza medaliga sazovor boʻlgani haqida xabar bergandik.

Jahon chempionatining bugungi dasturidan oʻrin olgan ayollar oʻrtasida -55 kg vazn toifasidagi bahslarda terma jamoamizning yosh va umidli sportchilaridan biri Muattar Nabiyeva ham sovrindorga aylandi. U siltab koʻtarish mashqlarida 96 kilolik toshni oʻziga boʻysundirdi va kichik bronza medaliga sazovor boʻldi.

Afsuski siltab koʻtarish mashqlarida Muattarning omadi yurishmadi. U avvaliga 112 kg, keyin esa 113 kg toshni koʻtarishda xatoga yoʻl qoʻydi va nihoyat uchinchi urinishda 116 kg natija qayd etdi. Natijada hamyurtimiz siltab koʻtarish va ikki kurash musobaqalari yakuniga koʻra 6-oʻrin bilan kifoyalandi.

Shunga qaramay Muattar Nabiyeva ham Tokio-2020 olimpiadasi uchun juda muhim boʻlgan reyting ochkolarini qoʻlga kiritdi va kelgusi yil Yaponiya davlatida boʻladigan toʻrt yillikning nufuzli musobaqasi sari muhim qadam tashladi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

 

Saytning oxirgi yangilanishi:
20.10.2019 | 17:52
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169