Dzyudo: Toshkent Gran-prisining ilk kunida ikkita bronza qoʻlga kiritildi

Bugun poytaxtimizdagi koʻp tarmoqli “Humo Arena” muz saroyida start olgan dzyudo boʻyicha Toshkent Gran-prisining ilk kunida vakillarimiz ikkita bronza medaliga sazovor boʻldi. Aslida bugungi bellashuvlarda 19 nafar sportchimiz tatamiga chiqishgan edi. Yakunda ulardan ikki nafari sovrindorlar safidan joy olishdi.

60 kg.gacha boʻlgan vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Rio olimpiadasi sovrindori Diyorbek Oʻrozboyev bronza medali uchun kechgan bahsda turkiyalik Mixrach Akkush ustidan ishonchli gʻalabani tantana qildi. Ushbu bellashuvda xorazmlik polvon yosh raqibiga haqiqiy mahorat darsini oʻtdi va bellashuvni oʻz foydasiga hal qildi. Ushbu muvaffaqiyati evaziga Diyorbek Oʻrozboyev Tokio-2020 Olimpiadasi uchun qimmatli 350 reyting ochkosini oʻz hisobiga qoʻshib qoʻydi.

66 kilogacha boʻlgan vazn toifasida hamyurtimiz Sardor Nurillayev ham bronza medali bilan taqdirlandi. U ushbu bosqichda ozarbayjonlik Ibrohim Aliyevga qarshi tatamiga chiqdi va “Humo arena”ga yigʻilgan minglab muxlislar olqishi ostida hamyurtimiz ishonchli gʻalabaga erishdi.

Shu tariqa terma jamoamiz bugungi kun bellashuvlarini ikkita bronza medali bilan yakunlaydigan boʻldi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
13.12.2019 | 13:26
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169