Ogʻir atletika: Ergashev JCHda bronza medaliga sazovor boʻldi

Shu kunlarda Tailandning Pattayya shahrida ogʻir atletika boʻyicha kattalar oʻrtasida jahon chempionati oʻtkazilayotganidan xabaringiz bor. Ushbu musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi ham 10 nafar atlet bilan qatnashmoqda.

Bugun bellashuvlarga erkaklar oʻrtasida -67 kg vazn toifasidagi atletimiz, yoshlar oʻrtasida jahon chempioni boʻlmish Adhamjon Ergashev ham qoʻshildi va mamlakatimiz sport delegatsiyasiga dastlabki medalni taqdim etdi.

Ergashev dast koʻtarish mashqini 141 kilolik toshga buyurtma berish bilan boshladi va bu marrani osonlik bilan zabt etdi. Ikkinchi urinishda esa sportchimiz 146 kilolik toshni ham boshi uzra baland koʻtarishga muvaffaq boʻldi. Ammo, Adhamjonning 151 kilolik toshni koʻtarish yoʻlidagi urinishi samarasiz chiqdi va u yakunda 146 kilo natija bilan dast koʻtarish mashqlarini 4-oʻrinda yakunladi. Agar u 151 kilolik toshni oʻziga boʻysundirganida oltin medalga ega chiqardi.

Siltab koʻtarish mashqida esa hamyurtimiz dastlab 173 kg, keyin esa 179 hamda 182 kg ogʻirlikdagi toshlarni koʻtarishga muvaffaq boʻldi. Bu natija unga ushbu yoʻnalishda bronza medalini taqdim etdi.

Ikki kurashda umumiy 328 kilo natijani qayd etgan Ergashev 4-oʻrin bilan cheklandi. Holbuki 3-oʻrinni egallagan Shimoliy koreyalik Jong Ju Pak hamyurtimizdan atigi ikki kilo ogʻirroq toshni oʻziga boʻysundirgandi.

Shunday boʻlsa-da biz koʻp sonli muxlislar nomidan Ergashevni terma jamoamizga ilk medal hamda Tokio-2020 olimpiadasiga qimmatli reyting ochkolarini taqdim etgani munosabati bilan tabriklaymiz.

 

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
20.10.2019 | 17:52
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169