Taekvondochilarimiz “Russia Open” xalqaro turnirida ishtirok etadi

Joriy yil 28-29-sentyabr kunlari Rossiyaning Moskva shahrida taekvondo boʻyicha “Russia Open” musobaqasi boʻlib oʻtadi. Bu haqda Oʻzbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar beradi.

“Russia Open”da taekvondochilar 16ta vazn toifasida (8ta erkaklar, 8ta ayollar) gʻoliblik uchun kurash olib borishadi. Moskvadagi musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi 13 nafar sportchi bilan ishtirok etadi.

“Russia Open” musobaqasida yurtimiz sharafini himoya qiladigan taekvondochilar roʻyxati:

Niyoz Poʻlatov (-63 kg)

Ulugʻbek Rashitov (-68 kg)

Jasurbek Jaysunov (-68 kg)

Shuhrat Salayev (-80 kg)

Nikita Rafalovich (-80 kg)

Shohruh Rajabov (+87 kg)

Madinabonu Mannopova (-49 kg)

Charos Qayumova (-53 kg)

Zariya Qosimova (-57 kg)

Ozoda Sobirjonova (-57 kg)

Feruza Sodiqova (-62 kg)

Nigora Tursunqulova (- 67 kg)

Svetlana Osipova (+73 kg)

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
27.09.2020 | 05:31
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169