“Humo Arena”da dzyudo boʻyicha Toshkent Gran-prisi boshlandi

Bugun poytaxtimizdagi koʻp tarmoqli “Humo Arena” muz saroyida dzyudo boʻyicha Toshkent Gran-prisiga start berildi. Unda dunyoning 5 ta qitʼasi 71 davlatidan 423 nafar (232 erkak, 191 ayol) sportchi gʻoliblik uchun tatamiga chiqadi.

Toshkent Gran-prisi Tokio-2020 olimpiadasiga qimmatli reyting ochkolari taqdim etishi bilan ham ahamiyatli. Xabaringiz bor, yaqinda dzyudo vatani Yaponiyada oʻtkazilgan kattalar oʻrtasidagi jahon chempionati bahslarida toʻrt yillikning nufuzli musobaqasiga muhim reyting ochkolarini jamgʻara olmagan dzyudochilarning aksariyati ana shu boʻshliqni toʻldirish maqsadida aynan Toshkentga kelishgan.

Poytaxtimizda oʻtkazilayotgan anʼanaviy Gran-pri musobaqasi gʻoliblari 700 reyting ochkosini qoʻlga kiritadi. Kumush medal egalari 490, bronza medali sovrindorlari esa 350 reyting ochkosiga ega boʻladi. Shuningdek, 5-oʻrin egalariga 252, 7-pogʻonadan joy olganlar sportchilarga 182 ochko taqdim etiladi.

Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) qoidalariga muvofiq mezbon davlat musobaqada har bir vazn toifasida toʻrt nafardan sportchi bilan ishtirok etish huquqiga ega. Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi murabbiylari bu imkoniyatdan toʻliq foydalanishadi, ammo ayollar termasi tarkibiga 20 nafar dzyudochi kiritilgan. Bunga sabab, murabbiylar iqtidorli yosh sportchilarni yaqinda boʻladigan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati uchun asrashga qaror qilganligidir.

Toshkent Gran-prisida sportchilar quyidagi vazn toifalarida bellashadi:

Erkaklar: -60, -66, -73, -81, -90, -100, +100 kg.

Ayollar: -48, -52, -57, -63, -70, -78, +78 kg.

Bugun erkaklar va ayollar oʻrtasida jami 5 ta vazn toifasida gʻolib va sovrindorlar aniqlanadi. Bugungi bellashuvlarda tatamiga chiqadigan dzyudochilarimiz:

Erkaklar:

-60 kg

Doston Roʻziyev, Diyorbek Oʻrazboyev, Mirzohid Mahammadjonov, Kemran Nurillayev;

-66 kg

Artyom Shturbabin, Shahram Ahadov, Muhriddin Tilovov, Sardor Nurillayev;

Ayollar:

-48 kg

Yulyana Maksetbayeva, Marjona Salohitdinova, Gulnur Muratbayeva, Kumush Kuryazova

-52 kg

Sita Qadamboyeva, Diyora Keldiyorova, Gulnoza Ziyayeva

-57 kg

Muxlisa Ganjayeva, Amina Mamedova, Ibodatxon Ogʻajonova, Nilufar Ermaganbetova

20-22-sentyabr kunlari oʻtkaziladigan bahslarga soat 10:30dan start beriladi. Har kuni medallar uchun kechadigan final bellashuvlari esa soat 17:00da boshlanadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
13.12.2019 | 13:26
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169