Dzyudo: Navoiyda O‘zbekiston chempionati qatnashchilari aniqlandi

Joriy yil 17-18-sentabr kunlari Navoiy ixtisoslashtirilgan Olimpiya zaxiralari maktab-internatida sportning dzyudo turidan 2006-2007-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida viloyat birinchiligi o‘tkazildi. Ushbu musobaqa g‘oliblari shu yilning oktabr oyida Buxoro viloyatida o‘tishi rejalashtirilgan O‘zbekiston chempionatida Navoiy viloyati sharafini himoya qilishadi.

Bellashuvlarda jami 83 nafar ishtirokchi qatnashdi va ulardan 11 nafarini qizlar tashkil etdi. Unda viloyatning Qiziltepa, Navbahor, Karmana, Nurota, Uchquduq, Tomdi hamda Navoiy shahri yosh sportchilari g‘oliblik uchun bahs olib bordilar.

Qizg‘in va murosasiz o‘tgan musobaqa g‘oliblari diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
13.12.2019 | 16:23
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169