Velosportchimiz Behzodbek Rahimboyev ikki yoʻnalishda oltin medalga sazovor boʻldi

Kecha Hindistonda start olgan velosportning trek yoʻnalishi boʻyicha Osiyo Kubogi milliy terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli boshlandi. Oʻsmirlar oʻrtasida kechgan poygalarda vakillarimiz 2 ta oltin va 1 ta kumush medalga sazovor boʻlishdi.

Ayniqsa, xorazmlik Behzodbek Rahimboyev 10 km masofada skretch poyga va ochkolar boʻyicha guruh poygasi yoʻnalishlarida qitʼamizda tengsiz ekanini isbotlab, har ikki yoʻnalishda ham oltin medalga sazovor boʻldi.

Shuningdek, jahon reytingining uchinchi pogʻonasiga koʻtarilib olgan sirdaryolik Yanina Kuskova skretch bahsida kumush medal bilan taqdirlandi.

Maʼlumot uchun, Behzodbek Rahimboyev joriy yil 9-iyuldan 23-avgustga qadar Shveysariyada oʻtkazilgan oʻquv-yigʻin mashgʻulotlarida ishtirok etib qaytgan edi.

Osiyo Kubogida ishtirok etayotgan milliy terma jamoamizga omad tilab qolamiz.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
23.11.2020 | 23:22
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169