Bokschilarimiz Jahon chempionatidagi raqiblarini bilib olishdi

Xabar berganimizdek, ertaga Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahrida boks boʻyicha havaskorlar oʻrtasidagi jahon chempionati boshlanadi.

Oʻzbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, bundan biroz avval jahon chempionati bahslariga qurʼa tashlash marosimi boʻlib oʻtdi. Unga koʻra mazkur jahon chempionatida vatanimiz sharafini himoya qiladigan charm qoʻlqop ustalarimiz oʻz raqiblarini bilib olishdi.

Demak, -52 kg vazn toifasida ringga koʻtariladigan Rio-2016 olimpiadasi gʻolibi Shahobiddin Zoirov birinchi davrada turkmanistonlik Gulijonovga qarshi ringga koʻtarilsa, -57 kg vazn toifasidagi hamyurtimiz Miraziz Mirzaxalilov esa bahslarga ikkinchi davradan qoʻshiladi. Shuningdek, Bobousmon Baturov, Sanjar Tursunov hamda Bahodir Jalolov kabi yetakchi bokschilarimiz ham birinchi davradan ozod etilgan.

Qurʼa natijalari quyidagicha koʻrinish oldi:

-52 kg: Shahobiddin Zoirov – Gulijanov (Turkmaniston)

-57 kg: Miraziz Mirzaxalilov – De Andrade (Braziliya)/Ivanov (Polsha)

-63 kg: Elnur Abduraimov – Ben Baziz (Jazoir)

-69 kg: Bobousmon Baturov – Arregui (Argentina)/Mikkalef (Chernogoriya)

-75 kg: Fanat Qahramonov – Davaasuren (Moʻgʻuliston)

-81 kg: Dilshodbek Roʻzmetov – Narmandax (Moʻgʻuliston)

-91 kg: Sanjar Tursunov – Xulio Blanko (Kolumbiya)/Teysheyra Da Silva (Braziliya)

+91 kg: Bahodir Jalolov – Rogava (Ukraina)/Ramazon Purdelavar (Eron)

Eslatib oʻtamiz, Germaniyada oʻtkazilgan soʻnggi jahon chempionatida -69 kg vazn toifasida hamyurtimiz Shahram Gʻiyosov oltin medalga sazovor boʻlgandi. Umid qilamizki, bu safar chempionlarimiz safi koʻpayadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
22.09.2019 | 14:36
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169