Futbol bo‘yicha milliy terma jamoamiz Falastinga uchib ketdi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari Toshkentda tashkil etilgan qisqa muddatli yig‘inni yakunlab, bugun Falastinga uchib ketdi.

Terma jamoamizning argentinalik ustozi Ektor Kuper JCH-2022 saralash bosqichi doirasidagi ilk uchrashuvga poytaxtdagi yig‘inga jalb etilgan 24 nafar futbolchining barchasini olib ketdi.

Terma jamoamiz tarkibida Falastinga yo‘l olgan futbolchilar:

Darvozabonlar: Sanjar Quvvatov (“Paxtakor”), Eldor Suyunov (“Paxtakor”), Botirali Ergashev (“Dinamo”).

Himoyachilar: Yegor Krimets (“Paxtakor”), Anzur Ismoilov (“Lokomotiv”), Doston Tursunov (“Renofa Yamaguchi”, Yaponiya), Islom To‘xtaxo‘jayev (“Lokomotiv”), Sharof Muhitdinov (“Nasaf”), Farrux Sayfiyev (“Paxtakor”), Davron Hoshimov (“Lokomotiv”), Hojiakbar Alijonov (“Paxtakor”).

Yarim himoyachilar: Odiljon Hamrobekov (“Paxtakor”), Odil Ahmedov (“Shanxay SIPG”, Xitoy), Ikrom Aliboyev (“Seul FK”, Janubiy Koreya), Aziz G‘aniyev (“Nasaf”), Oston O‘runov (“Lokomotiv”), Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”), Sanjar Shoahmedov (“Terrenganu”, Malayziya), Doston Ibrohimov (“Qizilqum”), Quvondiq Ro‘ziyev (“Qo‘qon-1912”), Doston Hamdamov (“Paxtakor”).

Hujumchilar: Eldor Shomurodov (“Rostov”, Rossiya), Igor Sergeyev (“Paxtakor”), Temurxo‘ja Abduxoliqov (“Lokomotiv”).

Eslatib o‘tamiz, 5 sentyabr kuni Osiyoda JCH-2022 saralash bahslarining ikkinchi bosqich o‘yinlariga start beriladi. “D” guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi esa 1-turni safarda Falastinga qarshi o‘tkazadi. Mazkur o‘yin Ramalla shahridagi “Faisal Al-Husseini” stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv O‘zbekiston vaqti bilan soat 19:00da start oladi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
20.10.2019 | 17:52
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169