O‘zbekiston respublikasi Mustaqilligining 28 yillik bayram tabrigi

O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi Mustaqilligimizning 28 yilligi munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni tabriklaydi! Mustaqillik - eng aziz bayram. Bu sana har bir yurtdoshimiz uchun qadrli. Ammo sportchilarimiz uchun bu bayramning qadri ikki chandon balandroq. Chunki sportchilarimiz mustaqillikka erishishimizdan oldin jahonga chiqishda juda ko‘p qiyinchiliklarga uchrashgan. Istiqlol ularga keng imkoniyatlar eshigini ochdi va bunga javoban sportchilarimiz Osiyo o‘yinlari, jahon chempionatlari, xalqaro olipmiadalarda vatanimiz bayrog‘ini baland ko‘tarmoqda. Davlatimiz madhiyasi xalqaro arenalarda yangramoqda. Bugun o‘zbek sportchilarining, o‘zbek sportining dong‘i butun dunyoga yetgani ham mustaqilligimiz bergan imkon sharofati bilan!

Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin, yurtimiz bayrog‘i jahon arinalarida eng baland cho‘qqqilardan xilpirab tursin. Oilangizdan qut-baraka, tinchlik-xotirjamlik hech qachon yiroq ketmasin!!!

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
15.08.2020 | 17:42
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169